

Bir necha yildan beri O'zbekiston chempioni bo'lish uchun harakat qilib kelayotgan "temiryo'lchilar" o'z saflarini ikki nafar yetakchi futbolchi bilan to'ldirib oldi. Ulardan biri MTJning yetakchisi Server Jeparov, ikkinchisi "Paxtakor" sardori Kaxi Maxaradze.
Shunday qilib, Server Jeparov 5 yillik tannafusdan so'ng yana oliy ligaga qaytdi.
Ulardan tashqari "Mashal" himoyachisi Sherzod Fayziev ham klub bilan shartnomaga imzo chekdi.



