Breaking news. Baxtiyor Ashurmatov AGMKdan ketdi
22 dek 2018 11:59
Yangiliklar


Breaking news. Baxtiyor Ashurmatov AGMKdan ketdi
AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov klub bilan xayrlashdi.
O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan murabbiy AGMK bilan do'stona tarzda xayrlashgani haqida saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov bilan suhbatda aytib o'tdi.
AGMK OCHLda ishtirok etish tajribasiga ega va ushbu musobaqani ob-havosini juda yaxshi biladigan Mirjalol Qosimov bilan ham muzokaralarga kirishgani haqida xabar bergandik. Hozircha Qosimov yakuniy javobni bergani yo'q. Katta ehtimol bilan yangi mavsumni AGMK aynan Mirjalol Qosimov qo'l ostida boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, AGMK 12 fevral kuni OCHL doirasida o'z maydonida Tojikiston chempioni "Istiqlol"ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar