So’nggi yangiliklar

22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  0 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  11 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  3 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0

Breaking news. "Al Sadd"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yin qaydnomasi elon qilindi: Xavi va Gabi Toshkentga keladi Yangiliklar

Breaking news. "Al Sadd"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yin qaydnomasi elon qilindi: Xavi va Gabi Toshkentga keladi

Qatar chempioni "Al Sadd" biroz avval OCHL doirasidagi "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.

Unga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis Jezualdo Ferreyra Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa va Jahon chempioni bo'lgan Xavini o'yin qaydnomasiga kiritgan.

Malumot uchun aytish mumkinki, Xavi yangi mavsumda ilk bor OCHL doirasidagi o'yinda ishtirok etishi mumkin. Gap shundaki, tajribali to'p ustasi jamoaning OCHLdagi dastlabki ikki o'yinida o'ynamagan va xattoki uchrashuv qaydnomasidan ham o'rin olmagandi. Bu gal Qatar chempionlini rasmiylashtirib bo'lgan murabbiy Xavini OCHL o'yiniga olib ketishni maqul topdi.

Xavining OCHLdagi statistikasiga nazar soladigan bo'lsak, futbolchi hozirga qadar mazkur musobaqada jami 13 o'yin o'tkazgan va birgina gol muallifiga aylangan. Xavining OCHLdagi debyut va oxirgi bo'lib turgan goli vakillarimizga qarshi bahsda sodir bo'lgan. O'tgan yilgi guruh bosqichida Qatarda o'tgan bahsda "Al Sadd" safida Xavi OCHLdagi tarixiy golini "Nasaf"ga, hozirda futbolchining bo'lajak raqibi bo'lmish "Paxtakor"ga o'tgan Sanjar Quvvatov darvozasiga kiritgan.

Tajribali yarim himoyachi, "Atletiko" safidagi o'yinlari orqali mashhur bo'lgan Gabi ham "Paxtakor"ga qarshi o'yin qaydnomasidan joy olgan. Qatar chempioni tarkibidagi uchinchi legioneri, jamoaning asosiy to'purari jazoirlik Bag'dod Bunedja ham Toshkentga keladi.

Qayd etish kerakki, Bag'dod Bunedja Qatar chempionatining joriy mavsumida 21 o'yinda 39ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Jazoir terma jamoasi hujumchisi 2019 yil hisobida 9 uchrashuvda ishtirok etdi va jami 12ta gol urishni uddasidan chiqdi. Yangi yil hisobidan Bag'dod Bunedja faqatgina birgina o'yinda, OCHL doirasidagi 1-tur bahsida "Al Ahli" darvozasini ishg'ol etmagan. Qolgan barcha uchrashuvlarda hujumchi raqiblar darvozasiga yo'l topishni uddalamoqda.

"Al Sadd"ning OCHLdagi 3+1 legioner limitiga mos tushuvchi osiyolik futbolchi Jung Vu Yung (Janubiy Koreya) ham qaydnomaga kiritilgan.

Fakt: Ayni paytda "Paxtakor"da o'ynayotgan Sanjar Quvvatov, Odiljon Hamrobekov va Dragan CHeran o'tgan mavsumda "Nasaf" libosida "Al Sadd"ga, xususan Xaviga qarshi maydonga tushishgandi.

Quyida o'tgan turda chempionatda chempionlik masalasini rasman hal etgan "Al Sadd"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin:


Eslatib o'tamiz, "D" guruhidan o'rin olgan "Paxtakor" OCHLning 2-turidan so'ng 4 ochko to'plagan holda guruhda peshqadam hisoblanadi. Bo'lajak raqib "Al Sadd" esa Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi singari 3 ochkoga ega. Eronning "Persepolis" jamoasi esa ikki o'yinda bir ochko to'plashga erishgan. 9 aprel kuni "Paxtakor" Toshkentda "Al Sadd"ni qabul qilsa, "Al Ahli" Eronga safar qiladi.

Pakhtakor Tashkent

Khoziakbar Alidzhanov - 9', Dragan Ceran - 41'

AFC Champions League Grp. D . 3-tur

09/04/2019, 20:00

2
:
2
Tugadi

Al-Sadd

Xavi Hernandez - 6', Xavi Hernandez - 16'

45'
90'
9'  Khoziakbar Alidzhanov
41'  Dragan Ceran
65'  Igor Sergeev (Marat Bikmaev)
69'  Sadriddin Abdullaev (Sardor Sabirkhodjaev)
88'  Odildzhon Khamrobekov (Javokhir Sidikov)
6'  Xavi Hernandez
16'  Xavi Hernandez
60'  Yasser Aboubaker Essa (Hassan Al Haidos)
76'  Woo-Young Jung (Salem Al Hajri)
82'  Xavi Hernandez (Ali Assadalla)

Toshkentdagi Xavi va Gabi tashrif buyuradigan o'yin 9 aprel kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика