So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  8 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  56 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  3 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  174 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  15 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Breaking news. 2018 yilgi Superligada "Mashal" va "Cementchi" ishtirok etmaydi Yangiliklar

Breaking news. 2018 yilgi Superligada "Mashal" va "Cementchi" ishtirok etmaydi

Teglar :  MashalCementchi
Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati - Oliy liga musobaqasi yangi mavsumdan boshlab “O'zbekiston Superligasi”, Birinchi liga esa “O'zbekiston PRO-ligasi” deb nomlanishi avval malum qilingandi.

 Belgilanganidek, O'zbekiston Superligasida jami 12ta Pro-ligada esa 16ta jamoa ishtirok etadi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan  Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi futbol klublar oldiga licenziyalash bo'yicha malum talablar qo'yilgan bo'lib, ushbu talablarni bajargan klublar yangi mavsumda Superligada ishtirok etishi haqida hududiy futbol federaciyalariga rasman etkazilgandi.

O'tgan davr mobaynida O'zbekiston futbol federaciyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan mazkur talablarni bajarilishi holatini o'rganish yuzasidan Ishchi guruh tashkil etilib, 2017 yilning noyabr oyi oxiridan boshlab bugungi kungacha futbol klublari hamda uning infratuzilmasi o'rnatilgan tartibda 3 marta o'rganildi va tekshiruvdan o'tdi. Tekshiruv jarayonida asosiy etibor futbol klublarining stadionlari holati, u erda yaratilgan shart-sharoitlar, ayollar va mini-futbol jamoalarining infratuzilmasi, futbol bazalaridagi umumiy holatga qaratildi.


Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan futbol klublari rahbariyati, hududiy futbol federaciyasi prezidentlariga rasmiy xat yo'llandi. SHundan so'ng o'tkazilgan takroriy o'rganishlar jarayonida Quvaysoyning “Cementchi” hamda Muborakning “Mashal” klublari tomonidan  Superligada ishtirok etuvchi futbol klublari oldiga qo'yilgan talablar to'liq bajarilmagani, mavjud  muammo va kamchiliklar bartaraf etilmagani aniqlandi. Bunga ko'ra, “Cementchi” futbol klubining o'quv mashg'ulot bazasi, yotoqxonasi tamirtalab ekanligi, shuningdek futbol klubi o'zining futbol maktabiga ega emasligi, futbol klubining ayollar jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadion yangi mavsumga tayyor emasligi aniqlandi.

SHuningdek, “Mashal” futbol klubining stadioni ham yangi mavsumga umuman tayyor emasligi, futbol klubining o'quv-mashg'ulotlar bazasi umuman talabga javob bermasligi, futbol klubi mini futbol jamoasi infratuzilmasi yangi mavsumga tayyor emasligi, futbol klubining ayollar jamoasi uchun hududda umuman sharoit mavjud emasligi, futbol klubining futbol maktabi achinarli ahvoldaligi malum bo'ldi.

Qashdaryo viloyatining bosh jamoasi “Nasaf” hisoblanib, viloyatning aksariyat muxlislari aynan “Nasaf”ga muxlislik qilishlari hech kimga sir emas.  

Ularning o'rniga garchi chempionatni quyi pog'onada yakunlagan bo'lsa ham, licenziyalash bo'yicha talablarga javob beradigan Farg'onaning "Neftchi" hamda Jizzaxning "So'g'diyona" klublari Superliga-2018 ishtirokchilari qatoriga qo'shildi. Mazkur futbol klublarining Superligada ishtirok etish uchun belgilangan talablarni etarlicha bajarganligi inobatga olindi.

O'zbekiston futbol federaciyasi Ishchi guruhi azolarining yakuniy xulosasi asosida O'zbekiston futbol federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi Byurosining 24 yanvardagi 4-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, 2018 yilgi mavsumda Superligada ishtirok etuvchi futbol klublari qo'yidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. “Lokomotiv”
2. “Nasaf”
3. “Bunyodkor”
4. “Paxtakor”
5. “Navbahor”
6. “Buxoro”
7. “Qo'qon-1912”
8. “Olmaliq”
9. “Metallurg”
10. “Qizilqum”
11. “So'g'diyona”
12. “Neftchi”

O'zbekiston futbol federaciyasining asosiy maqsadi Superliga hamda Pro-liga klublari saviyasi o'rtasidagi farqni maksimal tarzda kamaytirish, milliy chempionat bahslarida faqat zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh bo'lgan futbol klublarining ishtirokini taminlashdan iborat.

Reyting: -125   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика