So’nggi yangiliklar

17:35"Динамо" 15 йилдан буён Самарқандда "Пахтакор"ни юта олмаяпти  2 17:13Биринчи лигада иккинчи давра старт олди: "Жиззах ФА"дан илк ғалаба, "Цементчи"дан 11:0 ва бошқа натижалар  0 16:52"Бугун Ўзбекистон чемпионатида қизиқарли кун". Боян Миладинович Самарқанд ва Фарғонадаги ўйинлар олдидан нималар деди?  2 16:37"Реал" Камавинганинг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 16:11Ўзбекистонлик ҳужумчи Ироқ чемпионатида ўйнайдиган бўлди  5 15:50Расман: Ўзбек телеканаллари Ла Лига, А Серия ва Англия Кубогини намойиш этади  18 15:32Кингсли Коман "Ал Насср"га ўтди — Here We Go!  3 15:03Here we go: "Манчестер Сити" ўз футболчисини "Эвертон"га ижарага бермоқда  2 13:33Иско жиддий жароҳат олди  3 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  5 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  1 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  2 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  7

⚡️⚡️⚡️ Breaking: Husayn Norchaev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi Yangiliklar

⚡️⚡️⚡️ Breaking: Husayn Norchaev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

"Nasaf" klubi hujumchisi Husayn Norchaev faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan bo'ldi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Vladikavkazning "Alaniya" klubi 21 yoshli futbolchini "Nasaf"dan sotib oladi.

Rossiya klubi vakillari "ajdarlar" hujumchisini uzoq vaqtdan buyon kuzatib kelishayotgandi va muzokaralarning so'nggi bosqichi Turkiyadagi yig'in vaqtida bo'ldi.

Futbolchi bugun Qatardan Moskvaga uchib borib, yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi va keyin shartnomaga qo'l qo'yadi.

"Alaniya" murabbiylari va rahbariyat Norchaevning shu qishda klubga o'tishini oxirigacha istashdi. "Nasaf" rahbariyati esa futbolchining kelajagini o'ylashdi va OCHL bahslari bo'lishga qaramay Norchaevning ketishiga qarshilik ko'rsatishmadi.


Eshitdik-da! Norchaev "Nasaf"dagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi        


Vladikavkazning "Alaniya" klubi 1921 yil tashkil topgan. 1995 yilda Rossiya chempioni bo'lgan. O'sha mavsumda jamoa safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Mirjalol Qosimov faoliyat olib borganini yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi.

Ayni paytda jamoa Rossiya birinchi divizionida (FNL) ishtirok etmoqda. 20 ta turdan keyin "Alaniya" 38 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Baltika" hisobida 41 ochko mavjud. Uchinchi o'rinda Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev to'p tepayotgan "Rubin" (37 ochko) joylashganini ham takidlash lozim. FNLda dastlabki ikki o'rinni egallagan klublar to'g'ridan-to'g'ri Rossiya premer-ligasiga yo'llanma olsa, 3 va 4-o'rin sohiblari Premer-ligada 13 va 14-o'rinni olganlarga qarshi o'tish bahsida ishtirok etadi.

Bugungi kunda "Alaniya" bosh murabbiyi sifatida Vladimir Belyavskiy ishlamoqda. Bu murabbiy "Energetik-BGU"da faoliyat olib borganida klubda Jasur Yaxshiboev va Bobir Abdixoliqov to'p tepgandi.

Norchaev yangi klubida Islam Mashukov, Aleksandr Komissarov, Andrey Mazurin va Arshak Koryan kabi hujumchilar bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

Malumot uchun, turli yillarda "Alaniya" safida Igor SHkvirin, Gennadiy Denisov, Baxtiyor Ashurmatov, Davron Fayziev, Pavel Bugalo, Mirjalol Qosimov, Andrey Fyodorov, Marat Bikmaev va Sanjar Tursunov kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishgan. Demak, Husayn Vladikavkaz klubida o'ynaydigan o'ninchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi.


Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика