Breaking: Golden Boy-2019 g'olibi malum bo'ldi
27 noy 2019 16:37
Yangiliklar


Breaking: Golden Boy-2019 g'olibi malum bo'ldi
"Atletiko" futbolchisi Joau Feliks Golden Boy mukofotini qo'lga kiritdi.
Portugaliyalik futbolchi bu mukofot uchun bo'lgan kurashda "Borussiya" (Dortmund)dan Jeydon Sancho va "Bayer" futbolchisi Kay Xavercdan ustun keldi.
Bu sovrin Evropaning 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladi.
Yozda "Benfika"dan "Atletiko"ga o'tgan Joau Feliks Madrid klubi tarkibida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
G'olib, bugun Rimda tantanali marosimda aniqlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar