So’nggi yangiliklar

01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  13 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1

Breaking: Abramov Yaxshiboev, Hamrobekov, O'runov va Ahmadalievning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi Yangiliklar

Breaking: Abramov Yaxshiboev, Hamrobekov, O'runov va Ahmadalievning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov terma jamoaning yakuniy ro'yxatidan tushib qoladigan futbolchilarni aniqlab oldi.

Unga ko'ra, Superligada tayanch nuqtasida eng barqaror va kuchli o'ynayotgan Odil Hamrobekov, hujumkor yarim himoyachi Oston O'runov, o'ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliev hamda hujumkor vinger Jasur Yaxshiboev yakuniy ro'yxatdan tushib qoldi.

Vadim Abramov terma jamoa ixtiyorida bo'lib turgan va 5 kun birga mashg'ulotlarda ishtirok etgan asosan yosh iqtidorli futbolchilar: Hamrobekov, Yaxshiboev, O'runov va Ahmadalievga javob berib yubordi.

SHu tariqa terma jamoa ixtiyorida 24 nafar futbolchi qoldi. Qoidaga ko'ra, Yaman va Singapurga qarshi o'yin qaydnomasiga 23 nafar futbolchi kiritiladi. Vadim Abramov esa qo'l ostida 24 nafar futbolchi bilan shug'ullanishda davom etmoqchi.

Hujumchi Eldor SHomurodov va yarim himoyachi Ikrom Aliboev terma jamoa safiga qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida 10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanga qarshi, so'ngra safarda 15 oktyabr kuni Singapur bilan kuch sinashadi.


O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlariga ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), SHarof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”),  Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullaev ("Metallurg").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Otabek SHukurov (“SHarja”, BAA), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv").

Hujumchilar: Eldor SHomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Xorfakkan”).

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика