So’nggi yangiliklar

16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  4 15:31К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада (онлайн ҳисоб)  0 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  1 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  5 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   10 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  9 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1

Braziliyani mag'lub etgan Kamerun TJ azolaridan qaysilari O'zbekistonga qarshi o'ynagandi? Yangiliklar

Braziliyani mag'lub etgan Kamerun TJ azolaridan qaysilari O'zbekistonga qarshi o'ynagandi?

JCH-2022 guruh bosqich oxirgi turida Kamerun termasi Vensan Abubakarning yagona goli evaziga Braziliyani mag'lub etishga erishdi – 1:0.

SHu yilning sentyabrida kamerunliklar Janubiy Koreyaning Geonggi shahrida O'zbekiston MTJga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida qatnashib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. O'shanda Xojimat Erkinov hisobni ochgan, Oston O'runov esa natijani ikkitaga oshirgandi.

O'ZBEKISTON - KAMERUN - 2:0 (1:0, 1:0)

23 sentyabr 2022 yil. Geonggi, "Goyang" stadioni.

Gollar: Hojimat Erkinov 24, - 1:0 (Eldor SHomurodov). Oston O'runov 77, - 2:0 (Odil Hamrobekov).

O'zbekiston: 12. O'tkir Yusupov, 5. Rustam Ashurmatov (18.Abdulla Abdullaev, 66), 15. Umar Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov, 4. Farrux Sayfiev, 7. Otabek SHukurov, 9. Odil Hamrobekov, 3. Hojiakbar Alijonov, 22. Oybek Bozorov (10.SHahboz Umarov, 59), 14. Eldor SHomurodov (21.Igor Sergeev, 87), 8. Hojimat Erkinov (11.Oston O'runov, 59).

Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 2.Islom Qobilov, 6.Ibrohimhalil Yuldashev, 13.SHerzod Nasrullaev, 17.Sardor Sobirxo'jaev, 19.Aziz Turg'unboev, 20.Akmal Mozgovoy.

Bosh murabbiy: Srechko Katanec (Sloveniya).

Kamerun: 23.Andre Andre Onana, 3.Nikolya Nkulu, 21.Jan SHarl Kastelletto (4.Kristofer Vux, 46), 25.Enco Ebosse, 8.Olive Ntcham (26.Jan Emil Onana, 74), 11.Nuxu Tolo, 14.Jorj Mandjek (15.Malong Kunde, 63), 19.Kollins Ngoran Fai, 6.Moumi Bris Ngamaleu (7.Mbida Nkudu, 74), 10.Vensan Abubakar (13.Jan Per Nsame, 74), 22.Brayan Mbeumo.

Zaxira: 1.Simon Ngapandouetnbu, 2.Yongva Darlin, 5.Omar Gonsales, 9.Kana Tavamba, 16.Mboka Epassi, 17.Mbaizo Mbaissidara, 18.Martin Xongla, 20.Oum Jout Samuel, 24.Gael Bella Ondua.

Bosh murabbiy: Rigober Song (Kamerun).

Ogohlantirishlar: Otabek SHukurov 53, Srechko Katanec 54, Jorj Mandjek 62, Kristofer Vux 82, Oston O'runov 87, Farruh Sayfiev 90+3.

O'sha tarkib bilan solishtirsak, kechagi o'yinda O'zbekistonga qarshi o'ynagan 8 futbolchi qatnashdi:

Himoyachilar – Nuxu Tolo, Enco Ebosse, Kollins Ngoran Fai, Moumi Bris Ngamaleu;

Yarim himoyachilar – Malong Kunde, Olive Ntcham;

Vinger – Brayan Mbeumo;

Hujumchi – Vensan Abubakar.

Umuman olgan esa Kamerun terma jamoasi o'z tarixida 2-marotaba “pentakampeonlar”ni engishga erishdi. Bungacha o'tkazilgan 5 ta uchrashuvning 4 tasida Braziliya g'olib bo'lgan va 2003 yilgi Konfederaciyalar Kubogi dastlabki turida Afrika vakili Samyuel Eto'oning goli evaziga (1:0) g'alabani qo'lga kiritishgandi.

Jamoa ustozi Rigober Song esa ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Braziliyani mag'lub etdi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика