Braziliyalik Ronaldo yana futbolga qaytdi
Narzulla Saydullayev
25 fev 2015, 08:16
Goal.com nashrining xabariga ko'ra, Braziliya terma jamoasi safida ikki karra Jahon chempioni Ronaldo faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi.
38 yoshli hujumchi Amerikaning "Fort-Loderdeyl Straykers" klubida o'ynaydi. Ushbu klub xo'jayinlaridan biri aynan Ronaldoning o'zi hisoblanadi.