Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi
19 mar 2019 16:28
Yangiliklar


Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi
"SHaxtyor" forvardi Junior Moraes Ukraina terma jamoasiga chaqirildi.
Moraes bugun tongda terma jamoa safiga qo'shildi. Kechasi forvard Ukraina terma jamoasi safida o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazadi.
Moraes kechagina Ukraina fuqaroligini oldi.
32 yoshli forvard 16ta gol bilan Ukraina Premer-ligasi to'purari hisoblanadi. Joriy mavsum u barcha turnirlarda 31ta o'yin o'tkazib, 21ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar