Braziliyalik futbolchi maydonga tushganidan 24 soniya o'tgach, hakam tomonidan chetlatildi
29 fev 2024 22:37
Yangiliklar
Braziliyalik futbolchi maydonga tushganidan 24 soniya o'tgach, hakam tomonidan chetlatildi
Braziliyalik futbolchi Ronald Barsellos faoliyatidagi eng yomon kunlardan birini o'tkazdi.
"Central Koast" futbolchisi Avstraliya chempionati doirasida "Melburn Viktori"ga qarshi bahsning hakam tomonidan qo'shib berilgan 90+5 daqiqasida maydonga tushdi va 24 soniyadan keyin raqib futbolchisi Konor CHepmanga nisbatan o'ta qo'pol harakat qilgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.
Bosh hakam dastlab uni ogohlantirdi, VAR murojaatidan keyin esa qarorini o'zgaritirib, yaqinda o'yinga qo'shilgan futbolchini chetlatdi.
Fikrlar