Braziliyadagi afsonaviy "Marakana" stadioni koronavirusga chalinganlarni davolash uchun topshirildi
27 mar 2020 06:49
Yangiliklar
Braziliyadagi afsonaviy "Marakana" stadioni koronavirusga chalinganlarni davolash uchun topshirildi
Braziliyadagi afsonaviy "Marakana" stadionidan koronavirusga chalinganlarni joylashtirish uchun shifoxona sifatida foydalaniladi.
Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar berdi.
Qo'shimcha qilinishicha, Braziliya chempionati Oliy divizionida harakat qiladigan klublarning yarmidan ko'pi o'z stadionlarini shifoxona sifatida foydalanish uchun sog'liqni saqlash tashkilotlariga topshirishgan.
"Bunday g'amgin kunlarda odamlardan umidni yo'qotmaslikni so'rab qolardim. Keling, yoshi katta avlod haqida qayg'uramiz. Bu borada eng ko'p yordamga muxtojlarga ko'maklashamiz", - deb yozdi "Flamengo" prezidenti Rodolfo Landim.
Fikrlar