Braziliya yarim finalga yo'l oldi
05 iyu 2014 03:00
Yangiliklar
Jahon chempionati chorak final uchrashuvida to'qnash kelgan Braziliya hamda Kolumbiya jamoalari o'rtasida kechgan bahsda mundial mezbonlarining qo'llari baland keldi.
Luis Felipe Skolari jamoasi o'yinni hujumkorlik bilan boshlashdi va uchrashuv startidayoq tezkor gol kiritishni uddasidan chiqishdi. Burchak to'pidan etkazib berilgan to'pni Braziliya sardori Tiago Silva tizzasi bilan darvozani ishg'ol etdi va bellashuvdagi hisobni ochdi. Birinchi bo'limda boshqa gollar kiritilmadi.
Ikkinchi taymni esa kolumbiyaliklar faollik bilan boshlashdi. Lekin uchrashuvdagi ikkinchi golni kiritish braziliyaliklarga nasib etdi. CHamasi 28-30 metrlar masofadan belgilangan jarima to'pini David Luiz ajoyib tarzda amalga oshirdi va o'zining kuchli zarbasi bilan darvozani nishonga oldi. Ospina bu vaziyatda ojiz qoldi.
O'tkazib yuborilgan ikkinyai goldan keyin Kolumbiya terma jamoasi bor etiborini hujumga qaratishga majbur bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushgan Adrian Ramos, Karlos Bakkalar jamoasi o'yiniga o'zgartirish kirita olishdi.
Uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib braziliyalik posbon Julio Sezarga kolumbiyani hujumini to'xtatishga xatoga yo'l qo'ydi va Braziliya terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgilandi. Mundialda porlayotgan Xames Rodrigez esa 11-metrlik nuqtadan adashmadi hisobni qisqartirib, o'yin so'nggiga qadar o'z muxlislarini umidini so'ndirmadi. Lekin har qancha harakat qilmasin, Kolumbiya boshqa gol kirita olmadi va musobaqani shu erda yakunlashga majbur bo'ldi.
Braziliya esa yarim finalga yo'l oldi va u erda ular Germaniya terma jamoasi bilan final yo'llanmasi uchun bahs olib borishadi.
JCH-2014. 1/4 final.
BRAZILIYA - KOLUMBIYA 2:1
Fortaleza. “Kastelan” stadioni.
Bosh hakam: Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya)
Gollar: Tiago Silva (7), David Luiz (69), Xames Rodrigez (80-penaltidan).

Braziliya: Juilo Sezar, Tiago Silva, David Luiz, Fernandino, Marselo, Xulk (Ramires, 83), Paulino (Ernanez, 86), Fred, Neymar (Enrike, 88), Oskar, Maykon.
Kolumbiya: Ospina, Sapata, Yepes, Sanchez, Armero, Guterres (Bakka, 70), Xames Rodrigez, Kuadrado (Kuintero, 80), Guarin, Ibarbo (A.Ramos, 46), Cuniga.
Ogohlantirish: Tiago Silva (64), Rodrigez (67) Yepes (72), Julio Sezar (78).
Fikrlar