Braziliya TJning JCHda 24 yildan beri davom etib kelayotgan rekordli seriyasi yakunlandi
03 dek 2022 08:40
Yangiliklar


Braziliya TJning JCHda 24 yildan beri davom etib kelayotgan rekordli seriyasi yakunlandi
“Pentakampeonlar” 1998 yilgi mundialdan beri guruh bosqich o'yinlarida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishayotgandi.
Tite shogirdlari joriy JCHning dastlabki 2 turida Serbiya (2:0) hamda SHveycariya (1:0) ustidan g'alabaga erishib, guruh bosqichidagi umumiy mag'lubiyatsiz seriyasini 17 ta o'yinga etkazib olgandi. Bu musobaqa rekordi edi.
Biroq, Braziliya TJ oxirgi turda Kamerunga 0:1 hisobida engildi va 24 yildan beri davom etib kelayotgan muvaffiqiyatli seriyaga chek qo'yildi.
Eslatib o'tamiz, braziliyaliklarga 1/8 finalda J.Koreya raqiblik qiladi va ular o'rtasidagi uchrashuv 5 dekabrda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar