Braziliya terma jamoasi iyunda Meksika va Gonduras bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2015, 10:41
Braziliya terma jamoasi Amerika Kubogiga tayyorgarlik doirasida iyunda Meksika va Gonduras milliy jamoalariga qarshi ikki o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'yinlar 7 va 10 iyun kuni Braziliyada bo'lib o'tadi.

44 Amerika Kubogi 2015 yilning 11 iyunidan 4 iyuligacha Chilida bo'lib o'tadi. Braziliyaning guruhdagi raqiblari Kolumbiya, Peru va Venesuela terma jamoalari. Braziliyaliklar turnirdagi birinchi o'yinini 14 iyunda Peruga qarshi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com