Braziliya klubi adashib, nomalum shaxs hisobiga 340 ming evro o'tkazib yubordi
06 mar 2023 01:34
Yangiliklar
Braziliya klubi adashib, nomalum shaxs hisobiga 340 ming evro o'tkazib yubordi
Braziliyaning "Flamengo" klubi sobiq futbolchisi Joao Gomes bilan bog'liq moliyaviy xatoga yo'l qo'ydi.
“Flamengo” “Vulverxempton”ga o'tayotgan Gomesga komissiya puli sifatida 340 ming evro to'lashga rozi bo'lgan.
Biroq 27 fevral kuni amalga oshirilgan pul o'tkazmasi butunlay boshqacha Joao Gomes ismli shaxsga yuborilgan. "Flamengo" xatoni faqatgina 4 kundan keyin aniqlab, Federal sudga ariza bilan murojaat qildi hamda o'tkazmani blok holatiga tushirdi.
Fikrlar