So’nggi yangiliklar

10:22«Нефтчи»ни яна бир легионери тарк этди  0 09:48«Қизилқум» терма жамоамиз собиқ футболчиси билан шартнома имзолайди  0 09:15Олег Зотеевнинг янги жамоаси «Бунёдкор» эмас, балки водий клуби бўлади  5 08:42ЎФФ янги раҳбари: «Мен сеҳргар эмасман, бироқ...»  4 08:10«Сурхон» «Пахтакор» футболчисини сотиб олиш ҳуқуқи билан ижарага олди  0 07:41«Нефтчи»нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Андижонда давом эттиради  4 02:08Александр-Арнольд "Реал"нинг шорт листида биринчи ўринда турибди  3 00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  1 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  6 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  1 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  3 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  6

BRAZILIYA - GERMANIYA 1:7. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

BRAZILIYA - GERMANIYA 1:7. MATNLI TRANSLYACIYA

JCH-2014 dastlabki yarim finali doirasidagi Braziliya - Germaniya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. Yarim final
BRAZILIYA - GERMANIYA 1:7
Bosh hakam.
Marko Rodriges (Meksika)
Gollar:
Myuller 10, - 0:1. Kloze 23, - 0:2. Kroos, 25 - 0:3. Kroos, 26 - 0:4. Xedira, 29 - 0:5. SHyurlle, 69 - 0:6. SHyurlle, 79 - 0:7. Oskar, 90 - 1:7.

Braziliya:
Julio Sezar, Marselo, David Luiz, Dante, Maykon, Fernandino (Paulino, 46), Oskar, Bernard, Luis Gustavo, Xalk (Ramires, 46), Fred.

Germaniya:
Noyer, Lam, Xyovedes, Xummels (SHvaynshtayger, 46), Boateng, Xedira (Draksler, 77), SHvaynshtayger, Kroos, O'zil, Myuller, Kloze (SHyurlle, 58).
Ogohlantirish:
Dante 68



                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

Barcha Germaniya muxlislarini tabriklaymiz! Braziliya muxlislariga esa sabr tilaymiz! Umid doim bo'ladi, bunga ishonish kerak xolos!

90+2. O'YIN TUGADI! Germaniya Jahon chempionati finalida! Braziliya 7:1 hisobida tor mor etildi!

90+1.
David Luisning uzoq masoadan yo'llagan zarbasini Noyer ushlab oldi

90. O'yinga 2 daqiqa qo'shib berildi

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Oskar! 1:7. Himoyachini aldab o'tib Noyerni ojiz qoldirdi

89. OZIL! Kechirdi Ozil


89. OSKAR! BERNARD! Mana Braziliya terma jamoasi azolari ham noaniq zarba berisharkanu. Sizlar bo'lsa o'zbekistonlik futbolchilarni urishasizlar.

87. O'yin tugab bormoqda. Germaniya bugun Braziliyani o'z maydonida sharmanda qildi. Braziliya 1950 yilda o'z maydonidagi mundialning hal qiluvchi o'yinida Urugvayga mag'lub bo'lgani bugun unutiladi

85. SHyurlle ettinchi golni urganida stadionga yig'ilgan mahalliy muxlislar uni olqishlashdi! Qoyil!

84. RAMIRES! Uning aniq zarbasidan so'ng to'pni Noyer ushlab oldi

83.
SHu kunga qadar Jahon chempionati yarim finalida hech bir jamoa 7ta gol urmagan ekan. Germaniya Jahon rekordchisi!

83. Germaniya raqib ustidan kulmoqda, ular to'pni bir birlariga oshirib turishibdi, aql bilan hujumga o'tishmoqda

82. Skolari Braziliyadan qochib ketsa kerak

81. Stadionga yig'ilgan muxlislar endi Braziliya futbolchilariga to'p tushganida "uvillashmoqda"

79. CHap qanotdan oshirilgan to'pni SHyurlle qabul qilib olib to'xtatmasdan darvozaning yuqori burchagiga joylab qo'ydi, to'p darvoza to'siniga tegib darvozadan o'rin oldi - 0:7.

79. GOOOOOO77777777777777777777777! 0:7 SHYURLEEEEEEEEE!

77. David Luis va Myuller o'zaro g'ijillashib olishdi, kelishib ketishdi

76. O'zgarish. Germaniya. Xedira o'rniga Draksler tushdi

75. Braziliyalik futbolchilar shu darajaga kelib qolishdiki o'z sheriklari bilan to'qnashib ketishmoqda

73. Bugungi o'yinni erta indin bolalarga ko'rsatmang. sababi bu 18+

72. Ayni paytda Braziliya futbol saytlarida Skolarini so'kishni boshlab yuborishibdi...

71. Villianning zarbasi chiroyli chiqdi, lekin o'ta noaniq

70. O'zgarish. Braziliya. Fred o'rniga Villian tushdi

69. Qanotdan oshirilgan to'pni SHyurlle darvozaga yo'lladi - 0:6.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL Deb yozish shartmasku 0:6. SHyurlleeeeeeeeee!

68. Ogohlantirish. Braziliya. Dante

66. Javob hujumi! Bernardning pasidan so'ng Paulino akrobatik tarzda zarba berdi, noaniq, bundan tashqari o'yindan tashqari holat bor ekan

65. Germaniyaning qarshi hujumi! Julio Sezar jarima maydonini tark etib to'pni qaytarmaganida yana bir gol bo'lardi

63. Braziliya hujum qilishga urinmoqda, ammo to'p uzatishlarda xatoliklar uchramoqda. Ha aynan xatoliklar...

62. O'yinni sharhlab borayotganlar orasida braziliyalik Ronaldo ham bor ekan. Bugun Kloze uning rekordini yangiladi

61. Maykon jarima maydoni ichida yiqildi, hakam Nishimura emas, Marko Rodriges

61. Braziliya hech bo'lmasa gol urishga urinmoqda, bu tahsinga sazovor.

60. MYULLER! Ajoyib zarbadan so'ng to'pni Julio Sezar qaytardi

59. Fredning yosh bolalarcha bergan zarbasi Noyerga oddiy konfetdek yoqdi.

58. O'zgarish. Germaniya. Kloze o'rniga SHyurlle tushdi

54. Ramires jarima maydoni tashqarisiga chiqib ketgan Noyerni yiqitdi, alamini o'yindan ol bola!

53. Paulinoning ketma ket ikki zarbasini Noyer qilt etmay qaytarib tashladi, bu oddiy yozildi lekin vaziyat juda xavfli edi

53. Ikkinchi bo'limda Braziliya terma jamoasi faqat Noyerga qarshi o'ynasayam bo'larkan.

50. NOOOOOOOOOOYYYYYYYYYYYYYERRRRR! Ajoyib seyvlar! Dastlab Ramiresning qanotdan oshirgan to'pini qaytardi, so'ngra Oskarning zarbasidan so'ng to'pni bartaraf etdi!

47. Bo'limni mezbonlar faol tarzda boshlashdi, boshqa kim faol boshlasin?

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

46. O'zgarish. Braziliya. Fernandino o'rniga Paulino, Xalk o'rniga Ramires tushdi

46. O'zgarish. Germaniya. Xummels o'rniga Mertesaker,

Tanaffus vaqtida Sirdaryoga ham salom! Barchaga!

45+1. Dastlabki bo'lim tugadi. Germaniya 5:0 hisobida oldinda. Baribir meni bir savol qiynamoqda, Jahon chempionati yarim finali bugun bo'ladimi o'zi yo'qmi?

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

44. Braziliya JCHlardagi eng yirik mag'lubiyatini 1998 yilgi finalda Franciyadan qabul qilib olgandi - 0:3. Hozir 0:5. Braziliyaning umuman eng yirik mag'lubiyati esa 0:6. 1920 yil Urugvaydan qabul qilingan.

43. Bir yaqin tanishimiz aytganidek Noyer birinchi bo'limda "choy ichib o'tiribdi"

41. Oskar jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

40. Yana bir latifa: Germaniyaliklar ikkinchi bo'limga Braziliya safida 15ta futbolchi tushishiga ruxsat berishdi

38. Braziliya terma jamoasi muxlislariga endi matnli translyaciya yoqmay borishi mumkin, lekin natija shunga majbur qilmoqda. CHidashga majbursiz. Beshtani Germaniya emas Braziliya o'tkazib yubordi

36. O'quvchilardan latifa: Skolari tanaffus vaqtida istefoga chiqadi

36. Xullas Gollandiya va Argentina o'rtasidagi o'yinda Germaniyaning finaldagi raqibi malum bo'ladi

34. Butun Germaniya Myuller uchun o'ynab uni Klozega etib olishini taminlash ham mumkin. Myullerda 10ta gol bo'ldi. Klozeda 16ta

33. David Luis alamini Myullerdan oldi, hakam "o'zi beshtani eding, jim o'yinini o'yna" dedi

32. Germaniya 5ta gol urib ham to'xtamoqchi emas. Kroosning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

31.
Hozir Yoaxim Lyov Noyerni hujumga qo'yib darvozaga boshqa darvozabonni qo'yishini xohlardim. Buni ko'rish kerak

29. Braziliyalik afsungarlar yana himoyada "mo'jiza" ko'rsatishdi. Sami Xedira osonlik bilan nemislarning BESHINCHI golini urdi Braziliya shokda emas SHok Braziliyada!

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XEDIRAAAAAAAAAAA! 0:5.

28. Bugun qizil kartochka ko'rsak kerak. Kim bunga qo'shiladi?

27. Braziliyalik himoyachilar "ajoyib" o'ynashdi va natijada Kroos ikki daqiqada ikkita gol urdi va Germaniyani deyarli finalga olib chiqdi

26.
Bugun Jahon chempionati yarim finali bo'lishi kerak edi. Qoldirildimi kim biladi?

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KROOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOS! 0:4.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KROOOOOOOOOOOOOOOOOS, 0:3! Braziliya SHOKDA!

23. Kroosning pasidan so'ng Myuller to'pni Klozega tashlab ketdi, 36 yoshli futbolchi ikkinchi urinishda darvozani ishg'ol etdi - 0:2

23. Mana sizga Germaniya, mana sizga Kloze!



23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KLOZEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEE! REKOOOOOOOOOOOORD!

21.
Braziliya hayajonlanmoqda! Julio Sezar o'ziga kelayotgan to'pni autga tepib yubormoqda, ha bu Germaniya!

20.
Ozil chap qanotdan oldinga o'tishga urindi Luis uni qo'llari bilan to'xtatib qoldi, hakamlar hech nima bo'lmagan deyishdi

17. TALPA! URISH! JANJAL!
Marselo raqib jarima maydoni ichiga kirib borib yiqildi va hakamdan penalti talab qildi. Bunga qo'shilmagan Boateng unga "o'zini bosvol" dedi. Kichkina bo'sayam Marselo bir muddat "tashashdi". SHu joyida hakam kepqoldi va hammasi tugadi

16.
Braziliya faqat qanotlardan hujum qilmoqda, boshqa hech nima o'xshayotgani yo'q.

14.
Germaniya aqlli o'ynamoqda, asosan himoyalanib qarshi hujumlarga o'tmoqda. Hisobda ham aynan ular oldinda

13.
Xalk chap qanotdan oldinga bordi va to'pni to'rtta braziliyalik futbolchiga emas raqiblarga oshirib berdi.

12.
Hozirgina o'quvchilarimizdan Zangiotadagilarga salom aytishimizni so'radi. Albatta bu iltimosni bajaramiz!

10. Toni Kroos to'pni burchakdan jarima maydoniga oshirdi, bu erda esa hech qanday qarshiliksiz Tomas Myuller darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MYULLER!!!!!!!!!!!!!!!!!!

9.
Germaniyaning qarshi hujumi! Marselo juda faol, Xediraning oyog'i ostidagi to'pni tepib yubordi

8.
Braziliya hujumga o'tdi, Fred to'pni Oskarga oshira olmadi. Javob hujumi. Unda Myullerdan to'pni Marselo olib qo'ydi

7. Xavfli vaziyat!!!!
Germaniyaning hujumi! Ozil jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib uni Xediraga oshirdi. Samining yo'llagan zarbasi yo'liga Kroos to'g'anoq bo'ldi!

6.
O'yin biroz tinchlandi. Braziliya to'pni o'zida saqlab turibdi. Aytgancha mezbonlarning himoya chizig'iga etibor berdingizmi? David Luis, Marselo, Dante va Maykon. Uchtasining sochi jingalak bittasida umuman yo'q)

4.
Germaniyaning hujumi! Kloze raqib himoyachisidan to'pni olib o'ta olmadi

4.
Xalk chap qanotdan oldinga bordi va to'pni jarima maydoniga oshirdi Noyer o'z o'rnida!

3. ZARBA!
Marselo o'zining sevimli chap oyog'i bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

2.
Germaniya himoyalanmoqda, hozircha albatta

1.
Braziliya hujum bilan boshladi. Oskar burchak to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qyatarishdi

- O'YIN BOSHLANDI! QANI KETTIK! FINALGA KIM CHIQARKIN?


- Braziliya madhiyasi boshlandi! David Luis va Julio Sezar qo'llarida Neymarning futbolkasini ushlab olib madhiyani kuylashmoqda! Tasanno!

- Germaniya madhiyasi yangrab o'tdi.

- SHu tobda uyida svet o'chib qolganlarga sabr tilaymiz. O'yin boshlanguniga qadar qaytishiga ishonamiz!

- Demak o'yin boshlanmoqda. Qiziqarli va gollarga boy bo'lishini istaymiz. Yarim finallar bunday bo'lmasligini bilamiz, biroq umid bor.

- David Luis va Filip Lam boshchiligidagi ikkala jamoa tribuna tagida saflanishmoqda. Klubdoshlar bir birlarini qutlashmoqda. Asosan "Bavariya" vakillari ikkala jamoada bor...

- Bu o'yindan oldin ko'pchilik Germaniyani favorit hisoblamoqda. Tiago Silva va Neymarsiz qolgan Braziliyada g'alaba uchun Umid bor deguvchilar ham yo'q emas. Demak kuzatamiz, barchasi maydonda hal bo'ladi.

- Germaniyalik muxlislar



- Braziliyalik muxlisalar



- O'yin boshlanishiga oz muddat qolmoqda. Stadionga yig'ilgan muxlislar o'z sevimlilarini kutishmoqda. Muxlislar orasida "Neymarlar" ham borligi etiborimizni tortdi.



- Jahon chempionatining yarim final o'yinlariga ham etib keldik. Bugun Braziliya va Germaniya terma jamoalari final yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi. Ushbu bahsni siz bilan birga Narzulla Saydullaev kuzatib boradi. Biz bilan qoling va zerikish bilan urishib qolasiz.

- Assalomu alaykum tungi bedorlar. Futbol shinavandalari!

- O'yin soat 01:00 da boshlanadi.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика