So’nggi yangiliklar

00:48Ҳарри Кейн Жаҳон чемпионатидаги мақсад ҳақида гапирди  0 00:24Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"  0 23:58Энцо Мареска "Ливерпул"га қарши ўйиндаги хатти-ҳаракатлари учун жазога тортилди  0 23:37"Милан" ва Emirates ўзаро келишувни расман узайтиришди  0 22:48"Golden Boy" мукофоти учун якуний номзодлар рўйхати маълум бўлди  5 22:15ESPN Жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин бўлган мамлакатлардан энг кучлилар рейтингини тузди. Ўзбекистон нечанчи ўринда?  5 21:50"Интер" рекорд даражада даромад қилди. Клуб 15 йил ичида биринчи марта фойдага кирди  0 21:24Каземиро Япониядан учралган мағлубият ҳақида гапирди  3 20:57Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон U-17 аёллар термаси Қирғиз Республикасига имкониятни бой берди  5 20:21Чехия термаси бош мураббийи Фарер оролларига учралган мағлубият ортидан ишдан ҳайдалди  0 19:45Йилдиз "Челси", "Арсенал" ва "Барселона"нинг диққат марказида  0 19:15Кокорин Россияда футболчиларнинг маоши ҳақида: "Жуда эрта кўп пул беришади"  1 18:51Скоулз: "МЮ Хейлундга ўхшаган ҳужумчи - Шешкони сотиб олди. Мантиқ қаерда?"  3 18:15"Барса" Левандовскининг терма жамоада олган жароҳати сабабли ундан норози  1 17:36Френки Де Йонгнинг товон пули ярим млрд. еврога етди  0

Braziliya futzalchilari chorak final haqida nimalar deyishdi? Yangiliklar

Braziliya futzalchilari chorak final haqida nimalar deyishdi?

Braziliya terma jamoasi futzalchilar Kosta-Rikaga qarshi kechgan nimchorak final bahsidan so'ng saytimizga kichik intervyular berishdi.

Braziliya terma jamoasi futzal bo'yicha mundialda birinchi bo'lib chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. "Pentakampeon"lar nimchorak finalda terma jamoamizni mag'lub etgan Kosta-Rikani yirik 5:0 hisobida taslim etishdi. Biz esa braziliyalik futzalchilarning uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan qiziqdik.


"Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Pley-off bosqichida boshqa darajalari o'yinlar bo'ladi. Mag'lub bo'lgan jamoa uyiga jo'nab ketadi. Barchasi masuliyatni o'z bo'ynimizga olgan holda maydonga tushdik va g'alaba qozondik. Pley-off bosqichidagi dastlabki uchrashuvni o'tkazib oldik va endi esa keyingi raqiblar haqida o'ylashimiz kerak. Biz 5ta gol urdik va o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubormadik. Bu yaxshi natija deb o'ylayman. Buyog'iga faqatgina chorak final haqida o'ylashimiz kerak bo'ladi. Ushbu musobaqa yakunlanganidan so'ng Braziliyaga Jahon chempionlari sifatida qaytish bizning asosiy maqsadimiz", - deya fikr bildirdi musobaqa to'purari Marsel.

"Pley-off bahslari oldinroq o'tkazilgan uchrashuvlardan biroz farq qiladi. Fikrimcha, yaxshi o'yin o'tkazdik va o'yin davomida xotirjam edik. Biz ko'proq himoyada xatosiz o'ynashga harakat qildik. Hujumdagi mahoratimizni namoyish etib, imkon qadar ko'proq gollar urishga intildik. 1/4 final bosqichi bundan-da qiyinroq kechishi aniq. Keyingi raqibimiz ham ancha jiddiy, ammo biz nimaga qodir ekanligimizni bilamiz va keyingi bosqichga o'tish uchun ajoyib imkoniyatimiz bor", - deya fikr bildirdi Marlon.


"Bugungi uchrashuvda o'zimizga kerakli bo'lgan natijaga erisha oldik, menimcha. Gol o'tkazib yubormadik va keyingi uchrashuvlarga qadar o'yinimizni yaxshilab olishimiz kerak. CHorak finalda bizni Eron yoki Marokash terma jamoalari kutib turibdi. Ikki raqib ham o'ta kuchli. Bizda qaror qabul qilishga imkoniyat yo'q va shu sababli har bir raqibga qarshi o'ynashga majburmiz. Ko'pchilik bizni musobaqa favoritlari deb atashmoqda, ammo bu hech nimani isbotlamaydi. Biz endigina nimchorak finaldamiz", - deydi Braziliya terma jamoasi yulduzi Ferrao.

"Kosta-Rikaga qarshi uchrashuv oson kechmasligini bilardik. Raqibimiz juda tezkor jamoa ekanligidan xabarimiz bor edi. Umumiy olganda, yaxshi o'yin o'tkazdik va g'alaba qozondik. Bizni keyingi bosqichda yanada qiyinroq raqib kutib turibdi. Hozir biroz dam olishimiz va undan so'ng keyingi raqib haqida o'ylashimiz kerak", - deya aytib o'tdi Negino.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика