"Brayton" nima sababdan Kaysedoni qo'yib yubormagani malum bo'ldi
05 fev 2023 17:53
Yangiliklar
"Brayton" nima sababdan Kaysedoni qo'yib yubormagani malum bo'ldi
"Brayton" rahbariyati qishda emas, yozda Moyses Kaysedoni qo'yib yuboradi.
Qishki transferlar oynasi vaqtida futbolchini "CHelsi" sotib olmoqchi bo'lgan va 55 mln funt taklif qilgandi. Bunga qadar klub "Arsenal"ning 60 va 70 mln funtlik takliflarini ham qabul qilmagandi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Brayton" futbolchisining narxi eng kamida 70 mln funt bo'lishini istamoqda va yozda uni sotib yuborishga tayyor turibdi.
Ushbu mavsumda 21 yoshli futbolchi APLda 22 o'yinda 1tadan gol va assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikrlar