“Brayton” APLda o'zgacha rekord o'rnatdi
26 sen 2020 20:20
Yangiliklar


“Brayton” APLda o'zgacha rekord o'rnatdi
Angliya chempionati 3-turidan o'rin olgan dramatik bellashuvda “Manchester Yunayted” 90+10 daqiqada Brunu Fernandesh tomonidan kiritilgan to'p evaziga “Brayton”ni 3:2 hisobida taslim etdi.
“Brayton” futbolchilari bahs davomida 5 bor darvoza ustun va to'sinlarini nishonga olishdi. Bu musobaqada mazkur statistika hisoblanishni boshlaganidan beri (2003/04) bir o'yin davomida qayd etilgan rekord ko'rsatkichdir.
Malumot o'rnida, mezbonlar yarim himoyachisi Leandro Trossardning bahs davomida bergan zarbalari darvoza chap va o'ng ustuni, shuningdek, to'siniga ham borib tekkan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar