Branko Ivanovich: “Muxlislar – “Persepolis”ning 12-o'yinchisi”
07 may 2015 08:21
Yangiliklar


Branko Ivanovich: “Muxlislar – “Persepolis”ning 12-o'yinchisi”
“Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida erongliklar ustozi qatnashdi.
- Avvalo, klub rahbariyatiga jamoaga bo'lgan etiborni oshirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun kelajagimiz uchun katta qadam tashladik. Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, “pley-off”ga yo'llanma oldik. Bir narsani takidlab o'tishni juda-juda istardim. Muxlislar – bu “Persepolis”ning 12-o'yinchisidir. Etibor bergan bo'lsangiz, bizdan boshqa hamma jamoa o'z uyida ochko yo'qotdi. “Persepolis” esa muxlislar daldasi bilan o'z maydonidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi. Ertaga mashg'ulotga yig'ilgunimizga qadar futbolchilarga bugungi g'alabani nishonlash uchun vaqt beraman. Lekin ertadan boshlab “pley-off”dagi raqib “Al-Hilol” haqida bosh qotiramiz, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.

Fikrlar