So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Branko Ivankovich: “Ertaga “Paxtakor”dan yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Branko Ivankovich: “Ertaga “Paxtakor”dan yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz”

OCHL-2019 guruh bosqichi 5-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Persepolis” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Branko Ivankovich va darvozabon Alirizo Beyranvand ishtirok etishdi.

“Musobaqa boshlanishidan oldin bizning guruh eng kuchli ekanligini aytgandim. Amalda ham shunday bo'lmoqda. “Paxtakor” O'zbekistonda peshqadam, “Al Sadd” Qatar chempioni bo'ldi, “Al Ahli” ham Saudiyada kuchli o'ynamoqda. “Paxtakor”ning “Al Sadd” bilan ikkala o'yinni kuzatdik. “Paxtakor” ancha shakllangan jamoa hisoblanadi. Ertaga juda shiddatli o'yin bo'lishiga shubha yo'q. Tarkibimizda yo'qotishlar bor. Halilzoda diskvalifikaciya tufayli o'ynamaydi, Rabih esa o'zini yomon his qilmoqda. Uning maydonga tushish yoki tushmasligi bugungi mashg'ulotdan keyin malum bo'ladi”, - deydi Ivankovich.  

“Persepolis” bilan oxirgi 4 yilda erishayotgan natijalarimiz uchun yaratganga rahmat aytaman. “Paxtakor”ni hurmat qilamiz, lekin biz 3 ochko olish uchun Toshkentga keldi. Raqibni o'rganib chiqdik, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini juda yaxshi bilamiz”, - deydi Beyranvand. 

- Ertaga mehmonda o'ynaysizlar. Raqibning muxlislari “Paxtakor”ga yordam berishi mumkin. Bu jamoaingizni bosim ostida qoldirmaydimi? 
- Biz malum tajribaga egamiz. OCHLda oxirgi ikki yilda yarim finalgacha etib keldik. Biz juda qiyin sharoitlarda va bosimlar ostida o'ynaganmiz. “Persepolis” safida o'ynar ekansan bosimga dosh bera olishing kerak. Futboldan lazzat olish kerak.

- Tehronda o'ynagan “Paxtakor” va hozirgi “Paxtakor” o'rtasidagi farq bormi? 
- Ha, bor. U paytda hali O'zbekistonda chempionat boshlanmagan edi. Hozir esa ayni qizigan payti. “Paxtakor” milliy chempionatda ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.

- Ertaga hakamlar xato qilishlari mumkin. Bundan qo'rqmaysizmi? 
- Yo'q, futbolda bu narsa bo'lib turadi. Hech qachon hakamlarga aybni qo'ymaymiz. Mag'lubiyatni jamoa ichidan izlaymiz. OCHLda hakamlar yuqori saviyada ishlashga harakat qilishadi.

- Bu mavsum OCHLda safardagi ikkala o'yinda ham yutqazdinglar. Ertaga ham safarda o'ynaysizlar. 
- Maqsadim doim bir xil – g'alaba. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz, ammo raqib kim bo'lishidan tashqari faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. “Persepolis” falsafasi o'zi ishtirok etayotgan har bir musobaqada g'olib bo'lish. Ertaga “Paxtakor”dan yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz.

- O'tgan mavsum “Nasaf”ga, bu yil “Paxtakor”ga qarshi o'ynayapsiz. O'zbek futboli haqida tasavvurga ega bo'ldingizmi? 
- “Nasaf”ga qarshi ikkita og'ir o'yin o'tkazgan edik. Ular O'zbekistonning 4ta kuchli klubidan biri bo'lmasa ham ular bilan Qarshida juda qiyin o'yin o'tkazgandik. O'zbek futbolini juda hurmat qilaman. “Paxtakor”da yoshlar va tajribali futbolchilar o'rtasida ajoyib uyg'unlik bor, ularda ajoyib yangi avlod bor. Ochig'ini aytganda O'zbekiston terma jamoasidan Osiyo Kubogida yaxshiroq natija kutgandim.

- Juda ko'pchilik muxlislar “Persepolis” guruhdan chiqishini kutmoqda. Bu futbolchilarga qanday tasir qilmoqda? 
Alirizo Beyranvand: - O'tgan yil OCHL finalida o'ynadik. O'shanda FIFA ikki futbolchimizni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlab qo'ygandi. SHunga qaramay finalgacha etib borgandik. Eron chempionatida birinchi o'rindamiz, so'nggi ikki turda 4 ochko olsak chempionlikka erishamiz. Eron kubogida ham yarim finalga yo'l oldik. Uchta musobaqada bir paytning o'zida kurash olib borayapmiz. Murabbiyimiz deyarli har o'yindan keyin charchamagansizlar deb bizni ruhlantirmoqda. Bu erga rohatlanib futbol o'ynash uchun kelganmiz. G'alabaga erishib muxlislarni xursand qilamiz deb o'ylayman. 

- Bir necha yillardan buyon Eron terma jamoasida o'ynab kelayapsiz. Evropa klublaridan o'ynashni istaysizmi? Qaysi chempionat sizga ko'proq yoqadi?
Alirizo Beyranvand:
- “Persepolis”ga qo'shilgan paytimda bu klub Osiyoning eng mashhur klublaridan biri ekanligini bilardim. Jamoamizda juda kuchli va etuk mutaxassis ish olib bormoqda. To'g'risini aytaman shu klubda yanada ko'proq o'ynashni istardim. JCH-2018dan keyin menga takliflar bo'ldi. Lekin FIFA tomonidan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilgan, shu bois janob Branko bilan bo'lib o'tgan suhbatdan keyin qolishga qaror qildim. Faoliyatimdagi eng ajoyib voqealarni aynan shu klubda boshdan kechirdim. Orzuim Evropaning eng taniqli klublaridan birida o'ynash. 

Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика