Branislav Ivanovich: "Yilning eng yaxshi o'yinchisi? Ronaldu yoki SHvaynshtayger"
04 dek 2014 21:50
Yangiliklar
Branislav Ivanovich: "Yilning eng yaxshi o'yinchisi? Ronaldu yoki SHvaynshtayger"
"CHelsi" futbolchisi Branislav Ivanovich so'nggi vaqtlarda qaysi futbolchi o'zini har tomonlama ko'rsata olganligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'tib borayotgan yilda sizningcha eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi?
- Men doimo sovrin qo'lga kiritgan futbolchilarni ustun qo'yaman. SHu sababli, "Real" safida ECHL g'olibi bo'lgan Ronaldu, shuningdek, jahon chempionligini qo'lga kiritgan germaniyaliklardan kimdir, masalan, SHvaynshtayger. Menga Messining o'yinlari yoqadi. Ammo u hech qanday sovrin yuta olgani yo'q.
-Oldingi mavsumdachi? APLda kim eng yaxshi bo'ldi deb hisoblaysiz?
- Bu erda ham shunday. "Manchester Siti" g'oliblikni qo'lga kiritgan. Ture, Silva yoki Aguero. Suares barchadan zo'r o'ynadi. Ammo "Liverpul" sovrin yuta olgani yo'q.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar