Branislav Ivanovich: "Yilning eng yaxshi o'yinchisi? Ronaldu yoki Shvaynshtayger"

Aziz Tukhtamuradov
4 dek 2014, 21:50
"Chelsi" futbolchisi Branislav Ivanovich so'nggi vaqtlarda qaysi futbolchi o'zini har tomonlama ko'rsata olganligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'tib borayotgan yilda sizningcha eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi?

- Men doimo sovrin qo'lga kiritgan futbolchilarni ustun qo'yaman. Shu sababli, "Real" safida YCHL g'olibi bo'lgan Ronaldu, shuningdek, jahon chempionligini qo'lga kiritgan germaniyaliklardan kimdir, masalan, Shvaynshtayger. Menga Messining o'yinlari yoqadi. Ammo u hech qanday sovrin yuta olgani yo'q. 

-Oldingi mavsumdachi? APLda kim eng yaxshi bo'ldi deb hisoblaysiz?

- Bu yerda ham shunday. "Manchester Siti" g'oliblikni qo'lga kiritgan. Ture, Silva yoki Aguero. Suares barchadan zo'r o'ynadi. Ammo "Liverpul" sovrin yuta olgani yo'q.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru