So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Brain ring: “Suhrob Berdiev chempion” Yangiliklar

Brain ring: “Suhrob Berdiev chempion”

SHu paytgacha loyihamizda beshta futbolchi ishtirok etgan edi. SHu ishtirokchilar orasida “Qo'qon-1912” klubi futbolchisi Suhrob Berdiev va “Obod” jamoasi hujumchisi SHohruz Norxonov hammadan ko'p 90 ball jamg'argan edi.

Ushbu ikki futbolchi o'rtasida “Brain ring” loyihasining bu yilgi final bosqichini o'tkazdik. Ushbu final bosqichida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Suhrob Berdiev qanday qilib g'olib bo'lganini bilib olasiz.

Jahongir Sotvoldiev: Ushbu final bosqichimizdagi shartlari bilan sizlarni tanishtirib o'taman. Loyihamizning avvalgi sonlarida sizlarga savollarning 4 ta varianti ham bor edi. Bu safar esa savollarning hech qanday varianti ham biz tomondan taqdim etiladigan imkoniyatlar ham bo'lmaydi. Lekin bu safar 3 ta shart bo'yicha sizlarga savollarni hamkasbim bilan taqdim etamiz. SHartlarni sizlarga tushuntirib o'taman. Birinchi shartimizda sizlarga 10 ta savol yo'llaymiz, sizlar ushbu savollarga o'ylanib javob berasizlar. Kim birinchi bo'lib to'g'ri javob bersa o'sha ishtirokchiga ball yoziladi. 2 shartimizda tezkor savol javoblardan iborat. Ushbu shartda sizlar o'ylamasdan javob berishinglar kerak. Noto'g'ri javob bersanglar ham biroz o'ylanib qolsanglar ham ball taqdim etilmaydi. 3 shartimizda sizlarga savollar yo'llaymiz. Savollarimizga xuddi birinchi shart kabi biroz o'ylanib javob berasizlar. Kim birinchi bo'lib noto'g'ri javob bersa bir bo'lak limon bilan siylanadi. Agarda ikkingizdan biringiz to'g'ri javob bersanglar ikkinchi bo'lib javob bergan ishtirokchi bir bo'lak limon istemol qilishga majbur bo'ladi. SHartlarimiz mana shulardan iborat. Menimcha shartlarimiz sizlarga unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi deb o'ylayman.


Jahongir Sotvoldiev: Ushbu poytaxt shaharga o'sha davlatning birinchi prezidentini nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Suhrob Berdiev:
Braziliya
SHohruz Norxonov: Lixtenshteyn
Jahongir Sotvoldiev: Javobinglar noto'g'ri. To'g'ri javob Vashington.

Mumtozbegim: Qaerda ot ustidan ot sakrab o'tganini ko'rish mumkin?
Suhrob Berdiev:
To'g'risi bu savolga har xil variantlar kelyapti. Biroz o'ylanib qoldim, aytgancha shaxmat sport turida.
SHohruz Norxonov: To'g'ri javobni mendan oldin aytdilar.
Mumtozbegim: Suhrob Berdiev to'g'ri javob berdilar

Jahongir Sotvoldiev:  SHerlok Xolms xiyobonda sayr qilib yurib bir ayolning jasadini ko'rib qoldi. U ayolning cho'ntagidan telefon topib oldi va ayolning eriga qo'ng'iroq qilib: “Tezda etib keling, xotiningizni o'ldirib ketishibdi”, dedi. Ayolning eri etib kelishi bilan SHerlok Xolms policiyaga qotil aynan erning o'zi ekanligini aytdi. U buni qanday bildi?
SHohruz Norxonov:
SHerlk Xolms ayolning eriga qo'ng'iroq qilib ayoli qaerda o'ldirilganini aytmagan-ku! Qanday qilib eri aytilmagan manzilga zudlik bilan kelishi mumkin. Demak bu erda SHerlk Xolms ayolning qaerda o'ldirilganini jasadning eriga aytmagan va shunday qilib erining o'zi qotil ekanini bilgan.
Suhrob Berdiev: SHohruz to'g'ri va aniq javob berdi shekilli.
Jahongir Sotvoldiev: SHohruz javobingiz mutlaqo to'g'ri.


Mumtozbegim: Ko'p sport turlari bazi manolarni bildiradi. Bir sport turi borki u rus tilidan tarjima qilganda “o'zini himoya qilish” degan manoni bildiradi. Bu qaysi sport turi?
Suhrob Berdiev:
Menimcha Sambo sport turi bo'lsa kerak.
SHohruz Norxonov: Yoki qilichbozlik yoki bo'lmasam Sambo.
Mumtozbegim: Suhrob aka to'g'ri javob berdingiz. Aynan Sambo sport turi “o'zini himoya qilish” manosini bildiradi.

Jahongir Sotvoldiev: Nauru davlatini ko'pchilik eshitmagan bo'lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo'q. lekin 1 sabaga ko'ra u dunyodagi yagona davlat hisoblanadi. Nima uchun yagona davlat hisoblanadi?
Suhrob Berdiev:
Aholisi eng kam bo'lsa kerak.
SHohruz Norxonov: Gap davlat nomi haqida ketayotgan bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Ikkingiz ham noto'g'ri javob berdingiz. To'g'ri javob esa, ushbu davlatning poytaxti yo'q.

Mumtozbegim: Ushbu shaharda yiliga 26460 mm yomg'ir yog'adi. Savol bu qaysi davlat shahri?
Suhrob Berdiev:
Indoneziya
SHohruz Norxonov: Tailand
Mumtozbegim: CHerapundji (Hindiston)


Jahongir Sotvoldiev: Aynan mana shu poytaxt ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat?
Suhrob Berdiev:
Florenciya bo'lsa kerak
SHohruz Norxonov: Jenova bo'laqosin. Aniq javobni bilmayman. Noto'g'ri bo'lsa ham tahmin qildim.
Jahongir Sotvoldiev: Javobinglar noto'g'ri. To'g'ri javob esa Vatikan.

Mumtozbegim: Dunyodagi eng baland tog' qaysi?
Suhrob Berdiev:
Everest
SHohruz Norxonov: Everest
Mumtozbegim: Javobinglar to'g'ri. Suhrob Berdiev birinchi bo'lib javob berdilar.

Jahongir Sotvoldiev: Qadimda ko'p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo'q. lekin Osiyoddagi bir shaharda biz tirik shohni uchratishimiz mumkin. “Tirik shoh” so'zining tarjimasini va qaysi shaharda ekanligini ayting.
Suhrob Berdiev: Xayolimga ming xil variant kelyapti. Yordam bersanglar yaxshi bo'lardi.
SHohruz Norxonov: Osiyodami yoki Evropa tarafdami?
Jahongir Sotvoldiev: Yordam beraman, o'zimizdan uzoqlashib ketmanglar. Ushbu joy juda ham mashhur.
Suhrob Berdiev: “SHohi Zinda”
SHohruz Norxonov: To'g'ri javobni Suhrob aka mendan avval topdilar.
Jahongir Sotvoldiev: Suhrob aka javobingiz to'g'ri.


Mumtozbegim: Yunonchaga “Kiyimlarni qo'riqlash” so'zini tarjimasi qanday?
SHohruz Norxonov:
Nima bo'lishi mumkin? Yordam beringlar, mendan boshqalar ham bunday savolni javobini bilishmasa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Biroz yordam beraman, bunday ko'zni siz ko'p eshitgansiz. Yani qish paytida biror bazimga borganingizda eshikdan kirishingiz bilan restoran xodimi sizga murojaat qilganda aynan mana shu so'zni ishlatadi.
SHohruz Norxonov: Menimcha garderob bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev: Birinchi shart o'z yakuniga etdi. Demak, birinchi shart bo'yicha Suhrob Berdiev 4 ta savolga to'g'ri javob berdilar, SHohruz Norxonov esa ikkita savolimizga aniq javob berdi. Birinchi shart g'olibi Suhrob Berdiev.
Mumtozbegim: Demak, ikkinchi shartni boshlashdan avval yana bir bor men sizlarni ushbu shart qoidasi bilan tanishtirib o'taman. Biz sizlarga birin-ketin savollar yo'llaymiz, sizlar esa savollarga o'ylamasdan turib javob berishinglar kerak. Kim birinchi to'g'ri javob bersa o'sha ishtirokchi 1 ballni qo'lga kiritadi. Oldindan eslatib o'tamiz, savollarimizning ayrimlari mantiqiy.
Jahongir Sotvoldiev: 11 metrlik jarima to'pi?
SHohruz Norxonov: Penalti
Suhrob Berdiev: Penalti
Jahongir Sotvoldiev: SHohruz Norxonov birinchi bo'lib to'g'ri javob berdi.


Mumtozbegim: Xokkeychilar nimani darvozaga yo'llaydi?
Suhrob Berdiev:
SHayba
SHohruz Norxonov: Xokkeychilar klyushkasi haqida gap ketyapti deb o'ylabman.
Mumtozbegim: Suhrob Berdiev to'g'ri javob berdi.

Jahongir Sotvoldiev:  O'yindan tashqari holat?
SHohruz Norxonov:
Ofsayd
Suhrob Berdiev: Ofsayd
Jahongir Sotvoldiev:  SHohruz Norxonov birinchi bo'lib to'g'ri javob berdi.

Mumtozbegim: Bu yilgi olimpiadada oltin medal olgan sportchilarni ayting.
SHohruz Norxonov:
Hasanboy Do'stmatov, Fazliddin G'oyibnazarov,
Suhrob Berdiev: Ruslan Nuriddinov, SHahobiddin Zoirov
Mumtozbegim: Birinchi bo'lib SHohruz Norxonov to'g'ri javob berdi.

Jahongir Sotvoldiev: Qanot hakami?
Suhrob Berdiev:
Laynsmen
SHohruz Norxonov: Bakavoy
Jahongir Sotvoldiev: Men sizlardan inglizcha variantini so'ragandim, Suhrob Berdiev aynan to'g'ri javob berdi.

Mumtozbegim: Kaptiva qaerda ishlab chiqariladi?
Suhrob Berdiev:
Janubiy Koreyada
SHohruz Norxonov: Andijonda
Mumtozbegim: Ikkingizni javobingiz ham noto'g'ri. Ushbu savolimiz mantiqiy edi. To'g'ri javob avtomobillar ishlab chiqarish zavodida.

Jahongir Sotvoldiev: Futbolda bir shaharning ikki jamoasi to'qnashuvi?     
SHohruz Norxonov:
Derbi
Suhrob Berdiev: Milan. Voooooy adashib ketdim. Derbi.
Jahongir Sotvoldiev: SHohruz Norxonov tezlik bilan to'g'ri javob berdi.


Mumtozbegim: Kuzda barg nimaga to'kiladi?   
SHohruz Norxonov:
Erga
Suhrob Berdiev: Zudlik bilan er demoqchi edim. Sizlar meni chalg'itdinglar.
Mumtozbegim
: SHohruz Norxonov to'g'ri javob berdi.

Jahongir Sotvoldiev: “Manchester Yunayted” laqabi?       
Suhrob Berdiev:
“Qizil iblislar”
SHohruz Norxonov: Suhrob aka mendan ko'ra tez javob berdilar.
Jahongir Sotvoldiev: Suhrob Berdiev to'g'ri javob berdi

Mumtozbegim: Maykl Jordan qanday sport turi bilan shug'ullanadi?   
Suhrob Berdiev:
Basketbol
SHohruz Norxonov: Tez javob berishga ulgurmayapman-ku! (kulib)
Mumtozbegim: Suhrob Berdiev to'g'ri javob berdi.

Jahongir Sotvoldiev: Tezkor  savol-javob shartida SHohruz Norxonov 5 ta savolga o'ylamasdan turib birinchi bo'lim to'g'ri javob bergan bo'lsa, qolgan 4 ta savolga Suhrob Berdiev javob berdi. Bitta mantiqiy savolga ega ikki futbolchi ham javob bera olmadi. Ikkinchi shartimizda SHohruz Norxonov g'alaba qozondi. Endi navbat uchinchi shartga. Ushbu shartimizda kim g'alaba qozonsa o'sha ishtirokchi loyihamiz g'olibi hisoblanadi. Demak, uchinchi shart bilan tanishtirib o'taman. Savolni o'rtaga tashlayman. Ushbu shartda birinchi bosqichga o'xshab biroz o'ylanib javob berasizlar. Agar noto'g'ri javob bersanglar yoki bo'lmasam javob berishda kech qolsanglar bir bo'lak limon bilan siylanasizlar. SHartimiz tushunarli bo'lsa savollarni yo'llashni boshlaymiz. Eslatib o'tamiz, mantiqiy savollarga chalg'ib qolmanglar.

Jahongir Sotvoldiev: Odam aldayotganda qaysi tomonga ko'proq qaraydi?     
Suhrob Berdiev: CHap tomonga bo'lsa kerak.
SHohruz Norxonov: Bu mantiqiy savolmi? Agar noto'g'ri javob bergan bo'lsangiz limonni siz eysiz Suhrob aka.
Jahongir Sotvoldiev: Suhrob Berdiev savolimizga to'g'ri javob berdilar. Limonni esa siz eysiz SHohruz.


Mumtozbegim: Eng mehnatkash xashorat
Suhrob Berdiev:
CHumoli
SHohruz Norxonov: CHumoli. Yana tez javob bera olmadimmi. Yana limon eyman ekanda.
Mumtozbegim: Suhrob Berdiev tez va aniq javob berdilar.

Jahongir Sotvoldiev: Ovqat qilayotganda nima esdan chiqadi?
Suhrob Berdiev:
Tuz solishni esidan chiqaradi.
SHohruz Norxonov: Qorin ochligi
Jahongir Sotvoldiev: SHohruz Norxonov ikkinchi bo'lib javob bergan bo'lsada to'g'ri javobni aytdi. Suhrob aka endi limon eyish sizni navbatingiz.

Mumtozbegim: "Po'lat qush"?
Suhrob Berdiev: Samolyot
SHohruz Norxonov: Osmonda uchib yuradigan qush haqida savol bo'lsa kerak, deb o'ylabman. Limon eyman ekanda (kulib)
Mumtozbegim: Suhrob Berdiev to'g'ri javob berdilar

Jahongir Sotvoldiev: Inson ishda ko'p kuladimi yoki uydami?
SHohruz Norxonov:
Ishda
Suhrob Berdiev: Uyda
Jahongir Sotvoldiev: SHohruz to'g'ri javob berdingiz.


Mumtozbegim: Infekcion kasalliklardan eng zo'r himoyalovchi meva
Suhrob Berdiev: Limon
SHohruz Norxonov: Limon eyapmiz, o'zimcha behi demoqchi edim.
Mumtozbegim: Suhrob Berdiev to'g'ri javob berdi.

Jahongir Sotvoldiev: Xo'ja Nasridinning xalqona ismi?
SHohruz Norxonov:
Afandi
Suhrob Berdiev: Salovni javobini o'ylagunimcha SHohruz to'g'ri javobni aytib qo'ydi (kulib). Yana limon istemol qilar ekanmanda.
Jahongir Sotvoldiev: SHohruz to'g'ri javob berdingiz.

Mumtozbegim: Qaysi sovun gigiena talablariga javob beradi?
Suhrob Berdiev:
Kirsovun
SHohruz Norxonov: Buni bilardim, Suhrob aka mendan oldin javob berib qo'ydilar.
Mumtozbegim: Suhrob Berdiev tez va aniq javob berdi

Jahongir Sotvoldiev: Eng yirik qush?
Suhrob Berdiev:
Tuyaqush.
SHohruz Norxonov: Tuyaqushmi?
Jahongir Sotvoldiev: Suhrob Berdiev tez va aniq javob berdi

Mumtozbegim: Banan daraxti mevami o'tmi?   
SHohruz Norxonov:
Meva
Suhrob Berdiev: Menga o't varianti qoptida.
Mumtozbegim: SHohruz Norxonov xafa bo'lmaysiz, javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob esa o't. CHunki banan daraxti o'tsimonlar oilasiga kiradi.

SHohruz Norxonov: Nima uchun? Axir, banan meva emasmi?
Mumtozbegim:
To'g'ri, banan meva. Lekin savolda banan daraxti haqida gap ketmoqda.
Jahongir Sotvoldiev: Uchinchi shart bo'yicha Suhrob Berdiev 7 ta savolga to'g'ri javob berdi. SHohruz Norxonov esa shulardan 3 tasiga aniq javob bera oldi. shunday qilib uchinchi shart g'olibi Suxrob Berdiev bo'ldi. Umumiy shartlar bo'yicha Suhrob Berdiev g'alaba qozondi. SHohruz siz bundan hech ham xafa bo'lmang. Finalda ishtirok etishning o'zi bir yutuq. Nasib qilsa keyingi yilda loyihamizda yana ishtirok etasiz degan umiddamiz.




Mumtozbegim va Jahongir Sotvoldiev


VIDEO. "Brain Ring" - SHohruz Norxonov vs Suhrob Berdiev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика