So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Brain Ring: Sanjar SHoahmedov 20ta savoldan 17tasiga to'g'ri javob berib 85 ball jamg'ardi Yangiliklar

Brain Ring: Sanjar SHoahmedov 20ta savoldan 17tasiga to'g'ri javob berib 85 ball jamg'ardi

Bu yilgi “Brain ring” loyihasining beshinchi sonli ishtirokchisi Toshkentning “Lokomotiv” klubi azosi Sanjar SHoahmedov bo'ldi. Demak, quyida ushbu futbolchi bilan bo'lgan savol-javob qanday o'tganini bilib olasiz.

Mumtozbegim: Loyihamizni boshlashdan avval maktabda qanday o'qiganingiz to'g'risida gapirib bersangiz.

Sanjar SHoahmedov: Maktabda beshinchi sinfgacha yaxshi o'qiganman. Beshinchi sinfdan keyin futbolga jiddiy etibor qaratganimdan so'ng o'qishni ham biroz chetga surib qo'ygandim. Maktabni tamomlagach Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olganman. Oliygohni yaxshi baholar bilan tamomlaganman.
Jahongir Sotvoldiev:  Sanjar men sizni loyihamiz shartlari bilan tanishtirib o'taman. Demak, sizga 20ta savol beriladi, bulardan 10tasi futbolga aloqador savol bo'lsa qolgan 10tasi boshqa soha to'g'risida bo'ladi. Har bir to'g'ri javob uchun 5 ball taqdim etiladi. Har bir savolga javobni o'ylab olishingiz uchun sizga 30 soniya taqdim etiladi. SHu 30 soniya ichida savolga javob bera olmasangiz u holda savolning javobini o'zim aytishimga to'g'ri keladi. Agarda javob berishga qiynalsangiz, sizga 2ta imkoniyat taqdim etiladi. Imkoniyatlardan biri 50/50, yani bitta savoldan 2ta noto'g'ri javob olib tashlanadi. Ikkinchi imkoniyat esa do'stingizga qo'ng'iroq qilib savolning javobini so'rashingiz mumkin. Siz istalgan vaqtda mana shu imkoniyatlardan foydalanish huquqiga egasiz. Demak savollarni berishni boshlaymiz, sizga omad yor bo'lsin.  

Jahongir Sotvoldiev: “Lokomotiv” klubi necha marotaba O'zbekiston chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan?
A) 1   S) 3       
B) 2   D) 4

Sanjar SHoahmedov: 3 marotaba
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz

Mumtozbegim: Dunyodagi eng og'ritib chaqadigan xashorat?
A)CHayon   S) CHumaloi       
B) Ari   D) CHivin
Sanjar SHoahmedov: CHayon bo'lsa kerak.
Mumtozbegim: Javobingiz noto'g'ri, to'g'ri javob esa chumoli.


Jahongir Sotvoldiev: “Lokomotiv” klubining ilk bosh murabbiyi kim bo'lgan?
A) Anvar Jabborov   S) Andrey Miklyaev     
B) Rustam Mirsodiqov   D) Ravshan Bozorov
Sanjar SHoahmedov: Anvar Jabborov
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

Mumtozbegim: Ziyofat qo'shig'i bu...?
A)Alyor     S) Yor-yor       
B) Lapar   D) Ashula
Sanjar SHoahmedov: Alyor
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev: “Paxtakor” oliy ligada necha marotaba kumush medalni qo'lga kiritgan?
A) 2   S) 4         
B)3   D) 5
Sanjar SHoahmedov: 50/50 imkoniyatdan foydalanaman.
Jahongir Sotvoldiev: Noto'g'ri bo'lgan “A” va “V” variantlarini olib tashladim. Sizda “S” va “D” varianlari qoldi. Sizningcha qaysi variant to'g'ri?
Sanjar SHoahmedov: 4 marotaba bo'lish kerak.

Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz noto'g'ri, to'g'ri javob esa 5 marotaba.
Mumtozbegim:
O'zaro kelishuv asosida tuziladigan hujjat?
A)Dalolatnoma   S) Axdnoma         
B)SHartnoma   D) Kafolatnoma
Sanjar SHoahmedov: SHartnoma
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev:  UEFAga nechanchi yili asos solingan?
A) 1953   S) 1955           
B) 1954   D) 1956
Sanjar SHoahmedov: 1954 yilda bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz

Mumtozbegim: Tinchlantiruvchi “Tanin” moddasi qaysi suyuqlikda ko'p miqdorda?
A) CHoy   S) SHarbat           
B) Kofe   D) Sut
Sanjar SHoahmedov: CHoy
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev: FIFAning birinchi prezidenti kim?
A) Rober Geren   S) Artur Dryuri         
B) Jyul Rime   D) Stenli Rouz
Sanjar SHoahmedov: Rober Geren bo'lsa kerak
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri


Mumtozbegim: Dunyodagi eng uzun daryo nomini?
A) Nil     S) Misissipi
B) Amazonka   D) Yanczi
Sanjar SHoahmedov: Amazonka
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev:  Ushbu jamoalar orasida qaysi biri biror marotaba ham O'zbekiston chempionatida bosh sovrinni qo'lga kirita olmagan?
A) “Navbahor”   S) MHSK       
B) “Nasaf”   D) “Lokomotiv”
Sanjar SHoahmedov: Qarshining “Nasaf” jamoasi
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri

Mumtozbegim: SHoshmaqom kuyi bu...?
A) Munojot   S) Tanovor       
B) Ushshoq   D) To'g'ri javob yo'q
Sanjar SHoahmedov: Tanovor
Mumtozbegim: Javobingiz noto'g'ri, javob ushshoq

Jahongir Sotvoldiev: “Bunyodkor” klubi tarixida hozirgacha qaysi futbolchi to'purar bo'lib turibdi?
A) Anvar Soliev    S) Server Jeparov       
B) Rivaldo   D) Aleksandr Pishur
Sanjar SHoahmedov: Anvar Soliev
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri

Mumtozbegim: Tushkunlikni davolash usullaridan biri bu...?
A) Uyqu     S) Sovuq suv
B) Yugurish   D) Massaj
Sanjar SHoahmedov: Sovuq suv
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev: 1994 yilgi Jahon chempionatiga qaysi mamlakat mezbonlik qilgan?
A) Braziliya   S) Germaniya       
B) Italiya   D) AQSH
Sanjar SHoahmedov: AQSH
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri

Mumtozbegim: Don mahsulotlaridan birini nomini ayting?
A) Makka jo'xori   S) No'xat       
B) Guruch       D) Grechka
Sanjar SHoahmedov: Makka jo'xori
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri


Jahongir Sotvoldiev: Jahon chempionatlari tarixida kim eng ko'p gol bilan to'purar bo'lib turibdi?
A) Ronaldo   S) Miroslav Kloze   
B) Pele     D) Gerd Myuller
Sanjar SHoahmedov: Imkoniyatdan foydalanaman. Do'stimga qo'ng'iroq qilaman.
Sanjar SHoahmedov: Miroslav Kloze ekan
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri

Mumtozbegim: CHo'ldagi obod suvli joy?
A) Voha     S) Dasht
B) Saxro   D) Qumloq
Sanjar SHoahmedov: Dasht
Mumtozbegim: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev: Braziliya terma jamoasi necha marotaba Jahon chempionatida ishtirok etgan?
A) 15   S) 19         
B) 17   D) 20
Sanjar SHoahmedov: 20 marotaba
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri

Mumtozbegim: Dunyodagi eng uzun sharshara qaysi?
A) Niagara   S) Viktoriya         
B) Anxel   D) Tugela

Sanjar SHoahmedov: Viktoriya
Mumtozbegim: Javobingiz noto'g'ri, to'g'ri javob Anxel edi.
Jahongir Sotvoldiev: Ushbu loyihamiz sizda qantay taassurotlar qoldirdi?

Sanjar SHoahmedov: Juda ham qiziqarli loyiha ekan. Menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Qiziqarli savollar o'ynaldi, ayrimlarida savol javobini to'g'ri topgan bo'lsam, qolganlarida taxmin qilishga to'g'ri keldi. Lekin ko'p chalg'itar ekansizlar (kulib). Futbolga aloqador bo'lgan savollar orasidan sharshara to'g'risidagi va 1994 yilgi Jahon chempionati haqidagi savollar menga yoqdi. Loyihaning keyingi soniga “Olmaliq” jamoasidan Abduqaxxor Xojiakbarovni chaqirsanglar degandim. Brain ring loyihasi uzoq davom etishini tilab qolaman. Taklif qilganinglar uchun katta rahmat.  


Jahongir Sotvoldiev va Mumtozbegim


TAS-IX hududida

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика