Boymatov bilan G'anijonov “Qizilqum”ga qaytdi
27 iyu 2018 16:20
Yangiliklar


Boymatov bilan G'anijonov “Qizilqum”ga qaytdi
Yuzaga kelgan transfer oynasida Superliga ishtirokchisi “Qizilqum” o'z tarkibini kuchaytirishga urinmoqda.
Hamid Aktamov boshqaruvidagi “konchilar” safiga yaqinda “Andijon”ning ikki nafar futbolchisi kelib qo'shildi. Bular – markaziy yarim himoyachi Eldor Boymatov va hujumchi Begzod G'anijonovdir. Muxlislarga yaxshi malumki, ilgari ushbu ikkala futbolchi ham “Qizilqum” libosida o'ynagandi. Oradan malum muddat o'tib, Boymatov bilan G'anijonov yana sobiq jamoasiga qaytgan.
Olingan malumotlarga ko'ra, Eldor Boymatovni “Andijon” jamoasi transferga qo'ygan. Tomonlar moliyaviy masalada kelisha olsa, 28 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi qismini “Qizilqum” tarkibida o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
09:22
Olimpiya terma jamoamiz Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi 0

Fikrlar