Boyan Miladinovich "Paxtakor" bilan shartnomani uzaytirdi
31 jan 2014 14:03
Yangiliklar

Boyan Miladinovich "Paxtakor" bilan shartnomani uzaytirdi
Serbiyalik himoyachi Boyan Miladinovich "Paxtakor" uchun to'p tepishni davom ettiradi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida og'ir jarohatdan safga qaytgan Boyan ayni kunlarda Turkiyadagi yig'inda ishtirok etyapti. O'zining "sherlar" bilan shartnomani uzaytirgani xususida Miladinovich quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
- Men uchun qadrdon bo'lib qolgan "Paxtakor" bilan hamkorlikni davom ettirishdan xursandman. Jamoadagi muhit juda ajoyib va hamisha o'zimni yaxshi his qilaman. Hozir jamoada ko'plab iqtidorli yosh futbolchilar mavjud va ularga o'z tajribam bilan yordam berishga harakat qilaman. Toshkentni esa butun oilam yoqtiradi. "Paxtakor" uchun o'ynab, ushbu shaharda istiqomat qilishdan baxtiyorman. Jamoa rahbariyatining ishonchini oqlab, sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam berishga intilaman.
Biz ham klub nomidan Miladinovichning jamoamizdagi faoliyati omadli davom etishiga tilak bildirib qolamiz.

Fikrlar