So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  28 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  42 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  12 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  80 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

"Boxing Day" arafasidamiz: Bizni kutib turgan qiziqarli o'yinlar Yangiliklar

"Boxing Day" arafasidamiz: Bizni kutib turgan qiziqarli o'yinlar

Mana APLdagi eng qizg'in palla - "Boxing Day"ga ham etib keldik. Ushbu sanani nafaqat Angliya futboli muxlislari, balki futbolchilarning o'zlari ham intizorlik bilan kutadilar.

Barchaga malumki, 25 - dekabrda rojdestvo bayrami nishonlanadi. Uning ertasiga esa, yani 26 - dekabr kuni Britaniyada "Sovg'alar kuni" (Boxing Day) nishonlanadi.

Bu narsa 1957 yildan boshlab Angliya futboliga ham kirib kelgan. Aynan o'sha yildan boshlab, 26 - dekabr kuni CHempionat o'yinlari bir kunda o'tkaziladi. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, bir haftada APLda 3 ta tur o'yini bo'lib o'tadi. Ajoyib-a?

Aniqroq aytadigan bo'lsak, "Boxing Day" faqatgina bir kun, yani bugun hisoblanadi. Rojdestvo bayramining ertasiga ertalab mahalliy aholi bir-birlariga sovg'alar ulashadilar. Tushlikdan so'ng esa barcha stadionga yo'l oladi. Bu sanada davlat transportlari deyarli ishlamaydi. SHuni ham hisobga olgan holda, Premer-Liga o'yinlari bir shahar jamoalari o'rtasida yoki bir-biriga yaqin bo'lgan jamoalar o'rtasida bo'lib o'tadi.

Ushbu davr ichida ko'p narsa malum bo'ladi. Jamoalarning jismoniy tayyorgarligi, ruhiy tayyorgarligiga albatta ko'p narsa bog'liq.

Demak, "Boxing Day"da bo'lib o'tadigan o'yinlar bilan tanishing:






Etakchi jamoalar yaqin oradagi uchta turda qaysi jamoalarga qarshi to'qnash keladilar?

Lester: Sensaciya ko'ramizmi?


Raneri shogirdlarini oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Agar ular ushbu o'yinlarda o'zlariga kerakli ochkolarni yig'ib ololsalar mavsum yakunida turnir jadvalida sensaciya ko'rishimiz mumkin:

26.12, 20:00 "Liverpul" - "Lester"

30.12, 00:45 "Lester" - "Manchester Siti"

02.01, 20:00 "Lester" - "Bornmut"




"Arsenal": Birinchi o'ringa chiqib olish uchun qulay fursat



CHempionlik uchun kurashayotgan "kanonirlar" uchun ham bir hafta ichida yig'ib olinadigan 9 ochko juda katta foyda keltirishi mumkin:


27.12, 00:45 "Sautgempton" - "Arsenal"

28.12, 22:30 "Arsenal" - "Bornmut"

02.01, 22:30 "Arsenal" - "Nyukasl"



"Manchester Yunayted": van Gal qolarmikin?



Lui van Gal uchun qiyin davr. Uning so'nggi matbuot anjumanini tashlab chiqib ketganidan barchaning xabari bor. Avvalroq esa, agar u "Stok" yoki "CHelsi"ga yutqazib qo'yadigan bo'lsa istefoga chiqarilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi:


26.12, 17:45 "Stok Siti" - MYU

28.12, 22:30 MYU - "CHelsi"

02.01, 20:00 MYU - "Suonsi"



"Manchester Siti": CHempionlik uchun kurash davom etadi



Beshta o'yindagi uchta mag'lubiyat dunyoning eng zo'r chempionatida chempion bo'lish istagida bo'lgan jamoaga yarashmaydi. "SHaharliklar" bu orada turnir karvonboshchisi "Lester"dan ochko olish imkoniyatiga egalar:


26.12, 20:00 "Manchester Siti" - "Sanderlend"

30.12, 00:45 "Lester" - "Manchester Siti"

02.01, 22:30 "Uotford" - "Manchester Siti"



"CHelsi": Xiddinkning qaytishi omad keltiradimi?


Malumki jamoa ushbu mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. Mourino istefga chiqarildi. Uning o'rniga jamoaga Gus Xiddink olib kelindi. Ko'ramiz, gollandiyalik murabbiy "aristokratlar"ni jarlikdan olib chiqib keta olarmikin? Buning uchun quyidagi uchta o'yinda kamida 7 ochko olish talab etiladi:

26.12, 20:00 "CHelsi" - "Uotford"

28.12, 22:30 MYU - "CHelsi"

03.01, 18:30 "Kristal Pelas" - "CHelsi"


"Liverpul": Kloppga ko'p narsa bog'liq


Yurgen Klopp eski "Liverpul"ni qaytarish uchun hali ko'p ish qilishiga to'g'ri keladi. Avvalambor o'z maydonida "Lester"ni yutishi, so'ngra ikkita safar o'yinidan ijobiy natija bilan qaytish zarur:

26.12, 20:00 "Liverpul" - "Lester"

31.12, 00:45 "Sanderlend" - "Liverpul"

02.01, 17:45 "Vest Xem" - "Liverpul"

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика