Botirali Ergashevga Superliganing to'rt klubi qiziqmoqda

Alisher
8 yanv 2020, 18:04
“Dinamo” jamoasi posboni Botirali Ergashevga Superliganing bir nechta klublari tomonidan qiziqish bor.

Buni iqtidorli darvozabon “Sport” kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

“Hozirda jamoa rahbarlari takliflarni o'rganib chiqishmoqda. Superliga klublaridan “Qo'qon-1912”, “Bunyodkor”, “Navbahor” va AGMK klublari qiziqish bildirishmoqda”, - deydi Ergashev.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” jamoasi Superliga-2019 yakunlariga ko'ra turnir jadvalida so'nggi o'rinni egalladi va Pro-ligaga tushib ketdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia