So’nggi yangiliklar

14:42Қарши давлат университети ПФЛ талабига жавоб берадиган стадион қуради  1 14:15"Динамо" раҳбариятида ўзгариш: Шарофутдинов кетди  0 13:53Каннаваро: "Ўзбекистон — охиригача курашадиган жамоа. Бу ўзбек халқининг энг муҳим фазилати"  4 13:35Расман: "Динамо" Ҳожимирзаев билан шартномани узайтирди  3 13:24TVCOM'да бугунги тақвим: Бокс бўйича ЖЧда финал учун жанглар, “Рома” Шотландияда ва бошқалар  0 13:02"Арсенал" ҳужумчиси 11 ой ичида илк бор майдонга тушди  0 12:34Португалия терма жамоаси аъзоси фаолиятини тугатди  2 12:02"Қўқон-1912" бош мураббийи билан хайрлашди  6 11:48Ишли ва ишсиз ПРОфессионаллар  4 11:43Артета "Арсенал" футболчиси жиддий жароҳат олганини тасдиқлади  2 11:22Футзал бўйича Ўзбекистон чемпионатининг 6-турида 120 та гол урилди   2 10:45Башар Ресаннинг "Пахтакор"даги келажаги маълум  6 10:17Гвардиола "Реал"ни мағлуб этганидан сўнг нималар деди?  6 09:43Алонсонинг ўрнига "Реал"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  17 09:155 та жамоа EЧЛ плей-офф йўлланмасини нақд қилди  4

Botirali Ergashev: "Muvaffaqiyatsizliklar sababini izlashning mavridi emas" Yangiliklar

Botirali Ergashev: "Muvaffaqiyatsizliklar sababini izlashning mavridi emas"

Birinchi davrada barcha jamoalarga jiddiy qarshilik tug'dirgan, mutaxassislar etirofiga sazovor bo'lgan, Samarqandning “Dinamo” jamoasi Superligada jon saqlab qolish yo'lida kurash olib bormoqda.

Esingizda bo'lsa, klubning yuqori ligadagi so'ngi 2017 yildagi ishtirokida ham xuddi shunday scenariy kuzatilagandi. Xo'sh, ikkinchi davradagi nursiz o'yin va natijaning asl sababi nimada? SHu kabi boshqa savollar bilan samarqandliklar posboni Botirali Ergashevga murojaat qildik.

- "Dinamo"ning bu yilgi Superligadagi ishtirokini qanday baholaysiz? Birinchi davradagi jamoa bilan, hozirgi jamoa o'rtasida er bilan osmonchalik farq sezilmoqda...

- To'g'ri. Mavsum boshida bizdagi ishonch va xohish judayam kuchli edi. Ikkinchi davrada ketma-ket uchralgan mag'lubiyatlar sababli ruhiy tushkunlikka tushib qoldik. Xudo xohlasa bu vaziyatdan chiqib ketamiz.

- Klubning balki, tasodifan va tayyorgarliksiz Superligada paydo bo'lib qolgani keyinchalik sezildimi?

- Sabablar ko'p. Lekin, biz hozir bahona izlaydigan holatda emasmiz.

- Birinchi sabab sifatida tayyorgarlikni keltirdik. Biroq, tarkibdagi futbolchilar aksariyatida yuqori ligada o'ynash tajribasi yo'q edi. Davron Fayziev tavakkal ish qilib, yoshlarni birinchi davrada o'ynata oldi. Lekin nima uchun kerakli paytda tajribali futbolchilardan Vohid SHodiev, Siroj Hamroev kabilardan foydalanmadi. Tajribasizlik ham pand berdimi jamoaga?

- Murabbiyning ishiga aralashmayman. Nima bo'lganda ham oxirgacha kurashamiz va kuchlilar safida qolishga harakat qilamiz.



- Ikkinchi davrada yigitlarni o'z kuchiga bo'lgan ishonchni , ishtiyoq, motivaciya, ularning ko'zidagi uchqun sezilmadi. Balki moliyaviy tomondan muammolar bordir...

- Aytganimdek sabablar etarlicha. Hammamiz qo'limizdan kelganicha, borimizni berib mehnat qilyapmiz. Hayot har doim bir tekis ketmaydi. Past va balandligi bo'lgani kabi, futbolda ham shunday. Muntazam g'alaba qozonishni iloji yo'q. G'alaba va mag'lubiyat doim yonma-yon yuradi.

- Yosh futbolchilarga biroz tajriba etishmadi, degan fikrga qo'shilasizmi? O'yinni boshqaruvchi, etakchining yo'qligi bilindi...

- Ha. Ayrim uchrashuvlarda tajriba o'z so'zini aytmay qolmadi.

- So'nggi o'yinlarda darvozani Eshbo'taev va Raimov qo'riqladi. Sizga nima bo'ldi, jarohat bormi?

- Murabbiylar hamkasblarimga imkoniyat berishmoqda. Jarohatim yo'q.

- Mavsum oxiri ekanligini inobatga olsak, boshqa jamoalardan takliflar bormi?

- Bular haqida o'ylamayapman. Qolaversa, “Dinamo” bilan bir yarim yillik shartnomam bor.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика