So’nggi yangiliklar

07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  1 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  2 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  21 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  4 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  7 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  25 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0

Botir Qodirqulov: "Rahbarlar tomonidan etibor bo'lsa "SHo'rtan" yana oliy ligaga qaytadi" Yangiliklar

Botir Qodirqulov: "Rahbarlar tomonidan etibor bo'lsa "SHo'rtan" yana oliy ligaga qaytadi"

Aytishlaricha g'uzorliklar shu yilning o'zidayoq yana oliy ligaga chiqishni o'z oldilariga ustuvor vazifalardan bir sifatida qo'ymoqda.
Tarkib jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, "SHo'rtan" vazifani bajarishga qodir deyish mumkin. Lekin bugungi suhbatdoshimiz Qodirqulovning aytishicha ko'proq rahbariyatning etibori muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy liganing ayrim jamoalaridan takliflar olgan bo'lishiga qaramay qashqadaryolik Botir Qodirqulov bu yil ham "SHo'rtan"da qolib jamoani kuchlilar safiga qaytarish yo'lida astoydil mehnat qilishni niyat qilgan.

- SHu kunga qadar G'uzor va Toshkentda bir nechta yig'inlarni o'tkazdik. Tarkibda o'zgarishlar ko'p. Yo'qotishlar o'rnini bir qator yosh va mahoratli futbochilar evaziga to'ldirilmoqda. Xususan SHavkat Nasibullaev, Muqimjon Toshmatov kabi ilgari oliy ligada o'ynagan taniqli futbolchilar bilan bir qatorda bir qator istedodli yoshlar yig'inga jalb etilgan. Yangitdan tashkil etilayotgan tarkib, asta-sekin shakllanib bormoqda. Yangi kelgan futbolchilar bilan vaqt o'tgan sayin bir-birimizni tushunib olyapmiz. CHempionat startiga qadar bu jarayonni yanada mukammallashtirib olamiz degan umiddaman.

- Xabaringiz bor, bu yil jamoada bosh murabbiy o'zgardi. Yangi murabbiy  Muxtor Qurbonov bilan ilgari ham birga ishlaganmiz. O'z vaqtida "SHo'rtan"ni belorussiyalik Kriushenko boshqargan kezlarda Qurbonov yordamchi murabbiy  sifatida faoliyat yuritgan. SHu bois yangi murabbiy bilan ham oldindan tanishligimiz uchun hech qanday muammo yo'q. U kishining o'tkazayotgan mashg'ulotlari ham qoniqarli darajada. Zerikib qolmaysiz.

- Bu yil ham "SHo'rtan"da qolishga qaror qildim. CHunki o'zim qashqadaryolik bo'lganim uchun ham uyimga yaqinroq joyda o'ynashni istadim. Qolaversa joriy mavsum jamoa oldiga yana eltiga qaytish vazifasi qo'yilmoqda. Rahbariyat sharoitlarni ham huddi oliy liga jamoalaridagi kabi bo'lishini aytganidan keyin oldimda turgan variantlarni ko'rib chiqmadim. Oliy liganing o'rtamiyona jamoalaridan takliflar bo'lgandi. Lekin "SHo'rtan"ni yana oliy ligaga qaytarish yo'lida o'z hissamni qo'shishga niyat qilganman.

- Hozir tarkibimizda bungacha oliy ligada o'ynagan etakchi o'yinchilar ko'p. Lekin bu bilan maqsadga aniq erishdik deb oldindan aytib bo'lmaydi. Avvalo rahbarlarning etibori juda zarur ekanligini alohida aytib o'tishni istardim. CHunki rahbariyat tomonidan sezilarli qo'llab-quvvatlanish bo'lmasa, natijalar baribir salbiy ko'rinish olaveradi. Misol uchun, o'tgan yilgi tarkibni olaylik. Kim o'ylabdi deysiz bunday tarkib bilan "SHo'rtan"ni oliy ligadan tushib ketishini. SHuning uchun xohlardimki, klubimiz rahbarlari mavsum davomida jamoani qo'llab-quvvatlab tursa biz futbolchilar jamoani o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi uchun bor kuchni ishga solamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика