So’nggi yangiliklar

22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  34 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  4 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  4 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  44 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0 18:10"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди  8 16:53"Барселона" Суперлигани тарк этганини эълон қилди. Лойиҳада фақат "Реал" қолди  33 15:56"Олимпик" Пролига иштирокчилари орасида йўқ, футболчи ва ходимлар 2025 йилнинг май ойидан бери маош олишмаган  6 15:49Ўртоқлик ўйини. “Бухоро” Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  3 15:15"Тоттенхэм" Галлахердан ҳафсаласи пир бўлди  3 14:10САфарда "Бунёдкор" меҳмони. Зейтуллаев нималар деди?  1

Botir Nosirov: "Ramziy terma jamoadan o'rin olish albatta yoqimli" Yangiliklar

Botir Nosirov: "Ramziy terma jamoadan o'rin olish albatta yoqimli"

"Mashal" posboni 5-turda "Qizilqum"ga qarshi kechgan bahsda jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi.
SHu bois uni saytimiz ijodkorlari turning ramziy terma jamoasiga kiritdi.

- Albatta championat.asia saytini ko'pchilik qatori meni ham kuzatib boraman, - deydi Botir Nosirov. Ilgari championat.uz paytida sayt men uchun hozirgidan ham qulayroq edi. Nima uchun keyinchalik asia ga o'tganligini bilmayman. Sayt faoliyatida aytadigan bo'lsam, shubhasiz O'zbekistondagi birinchi futbol portali. Xabarlarni tezkorlik etkazish bilan birga rasmlarga ham katta etibor qaratadi. Biz futbolchilar rasmimizni ko'pincha olamiz.

- Tur ramziy terma jamoasini aniqlab borishni yo'lga qo'yilgani yaxshi bo'ldi. Bu orqali milliy terma jamoaga ham yo'l ochilsa ajab emas. 5-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olaman deb o'ylamagandim. Lekin amalda shunday bo'lganini ko'rib, xursand bo'ldim. Buning uchun sayt xodimlariga rahmat aytib qolaman.

- "Qizilqum"ga qarshi o'yinimizdan so'ng tur ramziy terma jamoaga kiritilganim uchun ham bu o'yinga to'xtalib o'tadigan bo'lsam, Navoiyda qiyin bo'lishini avvaldan bilgandik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Bilasiz "Mashal" 2005 yildan buyon yuqori o'rinlar uchun kurashib keladi. Bu yil jamoani yana yuqori o'rinlarga olib chiqish uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishlamoqdamiz.

- Qolaversa shuni qo'shimcha qilishni istardimki, jamoadagi darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikovning ham ramziy terma jamoaga kirishimda o'rni bor. CHunki bu murabbiy biz darvozabonlar bilan mashg'ulotlarda astoydil ishlamoqda. Bu yil "Mashal"ga kelishimda ham aynan Sinelnikovning taklifi muhim o'rin tutgan. Mashg'ulotda mening murabbiyim bo'lsa, undan tashqari paytlarda do'stimdir. Unga minnatdorchilik bildirib qolaman.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика