Botir Nosirov: Mashalning avvalgi mavqeini tiklamoqchimiz
23 avg 2014 08:40
Yangiliklar
Botir Nosirov: Mashalning avvalgi mavqeini tiklamoqchimiz
16-turdan o'rin olgan Mashal va Andijon qarama-qarshiligida muboraklik futbolchilar 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bu g'alaba gazchilarga musobaqa jadvalida mavqeilarini yanada mustahkamlab olish imkoniyatini berdi. Yodingizda bo'lsa, avvalgi turda Aleksandr Xomyakov shogirdlari Bunyodkorga 5:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. SHu boisdan burgutlarga qarshi o'yinda muborakliklarni faqat g'alaba qoniqtirardi. Andijonga qarshi o'yindan keyin shu kuni Mashal darvozasini qo'riqlagan tajribali posbon Botir Nosirovni suhbatga tortdik.
- Birinchi navbatda jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman, - deb gap boshladi Nosirov.
– O'tgan turda Bunyodkor jamoasiga yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganimiz, shunchaki tasodif ekanligini isbotlash uchun ham mazkur o'yinda muvaffaqiyat qozonishimiz kerak edi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, biz bu o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va o'ylagan rejalarimizni maydonda amalga oshirishga harakat qildik. Andijon ustidan yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, raqib yomon o'yin namoyish qilgani yo'q. Futbolchilarimizning g'alaba qozonishga bo'lgan katta ishtiyoqlari evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik deb o'ylayman.
- Mazkur uchrashuvda raqibga qaraganda kuchli o'yin namoyish qildinglarmi yoki Andijon ancha bo'sh harakat qildimi?
- Andijon yomon jamoa emas. Boya aytib o'tganimdek, uchrashuv natijasi bunday tarzda yakunlangan bo'lsa-da, raqib bizga etarlicha qarshilik qildi. Davralar oralig'i paytida klub tarkibini ancha o'zgardi. Bu o'zgarishlar natijasida, o'yin uslubi ham ancha boshqacha ko'rinishga kelgan. Menimcha, klub shu tariqa davom etadigan bo'lsa, bu tarkibi bilan oliy ligada qolish vazifasini uddasidan chiqadi. Ular hisobda ham oldinda borayotgandi, biroq futbolchilarning sustkashlikka berilganligimi yoki boshqa holat tasir ko'rsatdimi, keyinchalik o'yin tashabbusini bizga berib qo'ydi. Buning natijasida ular yirik hisobda mag'lubiyat alamini tortib ko'rdi. Takror aytaman, natija qarab xulosa qilmanglar. Mashal osonlikcha g'alaba qozongani yo'q.
- Tezkor gol qo'yib yuborgan bo'lsangizlarda, tezda o'zlaringni tiklab olishga erishdingizlar. Bunga qanday erishdingizlar?
- Darhaqiqat, tezkor gol qo'yib yubordik. Lekin bosh murabbiyimizning doim aytadigan gaplarini eslatsam yomon bo'lmasdi. Futbol oxirigacha, hakamning o'yin tugaganligi haqidagi xushtaki yangragancha davom etadi. Sizlar mag'lubiyatga uchrayotganlaringga qaramay, faqat oxirigacha harakat qilishlaring kerak deb takidlagan. Aynan shunga etibor qaratgan holda to'p surishga odatlanganmiz. Andijon bilan o'yinda ham tezkor goldan tushkunllika tushmasdan, yanada o'zimizda qo'shimcha kuch to'plagan holda to'p surdik.
- Bellashuvdan keyin jamoangiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov nimalar dedi?
- Bilasizmi, o'yindan oldinroq futbolchilarga bugun yaxshilab o'yin namoyish qilishlaring, o'tgan turdagi mag'lubiyat shunchaki tasodifan ro'y berganligini aynan mazkur uchrashuvda isbotlab qo'yishlaring kerak deb alohida uqtirgandi. Bellashuvdan so'ng futbolchilarni yirik g'alaba bilan tabrikladi. Biroq bugun bexato o'yin ko'rsatdik deya olmayman. SHular to'g'risida ham gapirdi va keyingi uchrashuvga yanada yaxshiroq tayyorgarlik namoyish qilishimiz kerakligini aytib o'tdi.
- Mazkur uchrashuvdagi yirik g'alabadan so'ng futbolchilarning kayfiyatlari yanada ko'tarilgani tabiiy. Bu Paxtakor bilan bo'ladigan uchrashuvda sizlarga asqotib qolishiga ishonasizmi?
- Albatta, ishonaman. Futbolda ruhiy tarafdan ko'tarilish ko'p narsani hal qiladi. Paxtakorga qarshi navbatdagi o'yinda bizga ancha qiyin bo'lishi mumkin. Qolaversa, safarda to'p surishimizga to'g'ri keladi. SHunga qaramay, Mashal har bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun to'p suradi. SHuni unutmasligimiz lozim. Asosiy vazifamiz klubning bundan besh yoki olti yil ilgari mavqeini yana tiklashga qaratilgan. Bilasiz, har bir jamoada yaxshi va yomonlar kunlar bo'lib turadi. 2012 yilda omadsizliklar jamoani taqib qilganligi bois, birinchi ligaga tushib ketgandik. Oradan bir yil o'tib yana ortga qaytdik. Endilikda o'sha eski mavqeimizni tiklashga astoydil bel bog'laganmiz.
- Jamoaning joriy mavsumdagi chempionatimizdagi muvaffaqiyatli odimlarida bosh murabbiyning o'rni qay darajada deya olasiz?
- Bosh murabbiyga ko'p narsa bog'liq deya olaman. Aleksandr Xomyakov shundayki, nafaqat yaxshi murabbiy, shu bilan birgalikda insoniylik jihatidan ham boshqalardan yaqqol ajralib turadi. U jamoamizni birlashtirishni uddasidan chiqdi. Tarkibimiz yosh bo'lishiga qaramay, jamoani jisplashtirish orqali, yutuqlarni qo'lga kiritishda davom etmoqdamiz. SHu boisdan bosh murabbiyimizning jamoada ko'rsatayotgan faoliyatini ijobiy tarzda ketmoqda deyishim mumkin.
- Siz Navbahor safida tanilgansiz. SHu boisdan ushbu klubning futbolchilik faoliyatingizdagi tutgan o'rnini qanday baholagan bo'lardingiz?
- Mashal klubida to'p tepishni o'rgangan bo'lsam, namanganliklar safida birinchi marotaba oliy ligada o'ynashga muvaffaq bo'lganman. Aynan shu klubda proffesional futbol qanday bo'lishini guvohiga aylanganman. Umuman olganda, faoliyatimning eng yaxshi damlarini Navbahorda o'tkazganman. SHu boisdan bu klubga befarq emasman. Mashaldagi o'yinlarim tugaganidan keyin, darhol internetga kirib, namanganliklarning qanday o'yin ko'rsatganliklariga qiziqaman. CHunki jamoa mening qalbimdan o'rin olgan. Uning muxlislariga tan berib kelganman. Bu yil jamoa yomon o'yin ko'rsatmayapti. Baxtiyor Ashurmatov kelganidan so'ng klub ancha o'zgardi. Oldingi mavqeiga chiqishini hohlayman. Hozirda qadrdon jamoam Mashaldaman. Bu erda o'zimni juda baxtli his qilmoqdaman. SHuni aytish kerakki, Mashal va Navbahor men uchun ideal jamoalar hisoblanadi.
- Hozirda jamoada Sanjar Quvvatov va siz asosiy darvozabonlar hisoblanasiz. U bilan raqobatlashish qanday bo'lmoqda?
- Quvvatov bilan 2006 yildan buyon tanishman. SHu boisdan u mening ukamdek bo'lib qolgan. Bosh murabbiy har bir turda ikkimizga ham birdek ishonch bildirib kelmoqda. O'rtamizda raqobat bo'lsa-da, hayotda juda yaqin do'stmiz deya olaman. Quvvatov va Eldor Suyunovlar bilan avvaldan yaxshi munosabatda bo'lib kelganman. Ikkisi ham men uchun yaxshi insonlar hisoblanadi. Suyunov Nasafda bo'lsa-da, u bilan ham do'stmiz.

Fikrlar