
30 yoshli darvozabon bu yili "Mashal"ning ko'plab uchrashuvlarida maydonga tushib, ishonchli harakat qildi. Jamoaning o'tgan mavsumdagi natijalarida ham aynan ushbu darvozabonning hissasi katta. Klub bilan darvozabon o'rtasida yana shartnoma imzolandi va Nosirov "Mashal"ni tark etmaydi.
Aytib o'tish kerakki, ayni vaqtda "Mashal" o'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan ko'plab futbolchilar bilan shartnomalarini uzaytirmoqda. Bu haqida rasmiy ma'lumotlarni berib boramiz.