“Botafogo” Xondani minglab muxlislar qarshisida tanishtirdi
09 fev 2020 08:35
Yangiliklar
“Botafogo” Xondani minglab muxlislar qarshisida tanishtirdi
Braziliyaning “Botafogo” klubi jamoaning yangi azosi – 33 yoshli yaponiyalik futbolchi Keysuke Xondani muxlislarga tanishtirdi.
Jamoaning uy stadioni – “Olimpiko Nilton Santos-Enjenyan” stadionida kechgan marosimda bir necha minglab muxlislar sevimli klublarining yangi futbolchisini ko'rishga oshiqishdi.
Xonda ushbu jamoa safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Yaponiyalik xavbek ilgari “Vites”, “Melburn Viktori”, “Pachuku”, “Milan”, CSKA, “VVV-Venlo” va “Nagoya Grampus” klubilari sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida u 459 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 99 ta gol urgan va 80 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Botafogo” 2019 yilgi mavsumni Braziliya chempionatida 15-o'rinda yakunlagan. Rio-de-Janeyro shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa 38 uchrashuvdan 43 ochko to'play olgan, xolos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar