Bosniya va Gercegovina avgust oyida O'zbekiston bilan o'ynamoqchi
17 may 2016 16:30
Yangiliklar
Bosniya va Gercegovina avgust oyida O'zbekiston bilan o'ynamoqchi
Mehmed Bajdarevich boshchiligidagi Bosniya va Gercegovina terma jamoasi O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmoqchi.
Evropa tomoni O'FFga taklif bilan chiqqan. Faqat bosniyaliklar taklif qilayotgan sana FIFA kunlariga to'g'ri kelmaydi. SHu bois raqib faqat Bosniya ligasida o'ynayotgan mahalliy futbolchilar xizmatidan foydalanmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Bosniya va Gercegovina terma jamoasi sentyabr oyida JCH-2018 saralashidagi o'z ishtirokini boshlaydi.
O'zbekiston va Bosniya bunga qadar 2ta o'yin o'tkazgan. 2001 yil Merdeka kubogi finalida O'zbekiston 2:1 hisobida zafar quchgan. 2009 yilda Toshkentda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar