BO'SM-16 jamoasi Minskdagi turnirda ishtirok etib qaytdi
01 mar 2017 21:16
Yangiliklar
BO'SM-16 jamoasi Minskdagi turnirda ishtirok etib qaytdi
Bir necha yildan beri o'tkazilinadigan Belorussiyaning eng katta turnirida bu safar 7ta mamlakat vakillari qatnashdilar. Ular orasida, "Paxtakor" klubining "CHilonzor" filiali bo'lgan, BO'SM-16 jamoasi ham bor edi.
Juda yuqori saviyada tashkil qilingan musobaqa to'g'ridan-to'g'ri internet orqali namoyish etildi. Turnirning "B" guruhida "Supernova", BO'SM-2 Borisov va "FK Lida" jamoasi bilan bir guruhdan o'rin olgan Aziz Talxatov shogirdlari, 2ta durang o'ynab, bir marotaba mag'lubiyatga uchradilar. Keyingi bosqichda yosh futbolchilar uchta o'yin o'tkazib, 2ta bahsda g'alabaga erishdilar.
Musobaqada "Nevskiy front" jamoasi g'olib bo'ldi. Kumush medallar "Parus" (Belgorod) jamoasiga nasib etgan bo'lsa, "Dinamo" Minsk uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Fikrlar