So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  20 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  8 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  10 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  19 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  12 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

Mirzaev bilan "Bunyodkor" nimaga erishdi? Yangiliklar

Mirzaev bilan "Bunyodkor" nimaga erishdi?

Ulug'bek Mirzaevni "Bunyodkor" bosh direktori lavozimidan ketishi nafaqat klub muxlislari, balki futbol jamoatchiligi uchun ham kutilmagan bo'ldi.

Qaldirg'ochni qanotidan yoki patidan ayirsangiz unda yashab ketishga imkoniyat bo'ladi. Biroq, uni boshini tanasidan judo qilsangiz, u holda yashab hayot kechirishi dargumon. Ulug'bek Mirzaevning kechagi istefosidan keyin "Bunyodkor"ni yuqoridagi qaldirg'ochga qiyoslagim keldi. O'tgan davr mobaynida ushbu mutaxassisni "Bunyodkor"da qanday faoliyat olib borganini barcha ko'rdi, bildi. 

Aslida o'tgan mavsum boshida Superligada ishtirok etishi so'roq ostida qolgan "Bunyodkor" klubi bosh direktoriga aylangan Ulug'bek Abdusattorovich eng shimarib ishga kirishdi. Bu paytga kelib klub og'ir ahvolda, bir tomondan Simonenko masalasi, boshqa tomondan futbolchilar bilan bog'liq qarzdorlik masalasi va boshqalar qiynab kelayotgandi. Bunday qiyin pallada masuliyatni bo'yniga olish faqat kuchli bilimi bor mard insonlarni qo'lidan kela oladi. Klub yopilib ketish arafasida turgan, muammolar girdobiga tushib qolgan  davrda Ulug'bek Mirzaev boshqaruvni o'z qo'liga oldi.  Odatda jar yoqasiga kelib qolgan jamoani ravon yo'lga solish uchun bir necha oy emas, bir necha yil ketadi. Biroq, mutaxassis qisqa vaqt ichida ishni to'g'ri yo'lga qo'ya olish hisobiga sekin-asta mavjud muammolarga echim topdi. Dastlab, Simonenko masalasi klub foydasiga ijobiy hal qilindi. Qariyb besh yil ichida o'z echimini topmagan mojaroga nihoyat o'tgan mavsumda nuqta qo'yildi. Bu hali boshlanishi edi. Klubda vaziyat yaxshi tomonga o'zgarib borayotgan bir paytda klub ofislari MIB tomonidan muhrlandi, avtobuslari olib qo'yildi, ochiqchasiga "Bunyodkor"ni ko'chaga haydashdi. Ammo, bunda ham Ulug'bek Mirzaev o'zining teran bilimi va zukkoligi bilan tezda muammolarni hal qildi. Avvalgi yillardan qolgan qarzdorliklar yopib borildi. Deyarli to'qqiz yildan beri "Bunyodkor"ni oyog'iga bolta urib kelayotgan Rivaldo va Skolari bilan bog'liq vaziyat ham Ulug'bek Mirzaev davrida barham topdi. FIFA "Bunyodkor"ga sankciya qo'llagan holda quyi ligaga tushirib yuborayotgan joyida mazkur mutaxassis bilimi bilan jar yoqasidan qutqarib qoldi desak mubolag'a bo'lmaydi. 



Faqatgina davlat byudjetidan berilgan pulga qarab qolmasdan, boshqa homiylar bilan hamkorlikda mablag' va moliyaviy masalalarda uchraydigan ayrim muammolar ham to'g'irlandi. Buning natijasida "Bunyodkor" o'tgan mavsumda harajatlarining 20 foizini o'zi qopladi. Bu juda kichkina ko'rsatkich bo'lishi mumkin. Lekin, boshlanishi uchun yomon emas edi. Har holda hokimiyat berayotgan pulga qaram bo'lib o'tirgan klublarga "Bunyodkor"ni o'rnak sifatida ko'rsata olsak bo'ladi. Bir yil ichida aynan marketingdan klubga ,bir milliarddan oshiq pul kelib tushdi. "Bunyodkor" o'z tarixida ilk bor titul homiyga ega bo'ldi. Yani etibor bergan bo'lsangiz futbolchilarning futbolkalarida "Drivers Village" yozuvi aks etdi. Avvallari klub ichimlik suvlarini o'z yonidan sotib olgan bo'lsa, o'tgan mavsumda "Sayhun" ichimlik suvini reklama qilib berish orqali uni bepul qo'lga kiritdi. Ushbu ichimlik hozirga kelib butun boshli klub va akademiyani taminlamoqda. "Bunyodkor"ning barcha uy uchrashuvlarida muxlislar "Les Ailes", "Frango", "Panini" kabi homiylardan vaucherlar va sovg'alarni qabul qilib olishdi. Qaysidir manoda muxlislar bilan ishlash yaxshi darajada yo'lga qo'yildi. "Bunyodkor" marketing siyosatida yangi bosqchiga ko'tarildi, oldinga siljidi. Klubning byudjeti avvalgidek katta emas, deyarli uch barobarga qisqarib ketgan edi. Yani bunday kichik mablag' bilan butun boshli "Bunyodkor"ni ushlab turish juda katta bilim va mashaqqatni talab qilardi. Ulug'bek Mirzaevning iqtisodiy tomondan ham etarlicha malaka va ko'nikmaga ega ekanligi, to'plagan tajribasi bu borada qo'l keldi deya olamiz. Bu yilda ham jamoa marketing borasida yana bir bor oldinga qadam tashladi, jamoa azolari OCHLda "Al Ayn" bilan kechgan uchrashuvga jahon andozasidan namuna olgan holda "IMIR" brendining kostyum-shimlarida tashrif byurishdi. Superligadagi barcha klublarga hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, "Bunyodkor" bugungi kunga kelib marketing borasida chempionatimizdagi aksariyat klublardan yaxshiroq harakat qilmoqda. 




Kuz oylariga kelib "Bunyodkor" akademiyasi OFK tomonidan ikki yulduzli maqomni oldi. Tabiiyki, OFK rahbarlarining ushbu etirofida Ulug'bek Mirzaev jonbozlik ko'rsatdi. Aynan shu akademiyadan etishib chiqqan Jasur Jaloliddinov "Benevento" qiziqishlari doirasiga tushdi, "The Guardian" nashri tomonidan elon qilingan 2002 yilda tug'ilgan eng yaxshi futbolchilar qatoriga kirdi. Klub O'zbekistonning turli hududlarida o'z akademiyasining 10 dan oshiq filiallarini ochishga erishdi. Akademiyadan etishib chiqayotgan bir nechta iqtidorli yoshlar Evropa jamoalaridan taklif oldi. Abubakir Mo'ydinov "Al Nasr" jamoasi orqali Portugaliyaga yo'l oldi, Bo'ronbek Mirzasalimov SHvecariyaning "Cyurix" jamoasi ko'rigida bo'ldi. 

Mavsum yakunida jamoa o'z tarixida ilk bor bronza medallariga sazovor bo'lganini ham takidlash joiz. Yil boshida Superligada zo'rg'a ilinib turgan, Pro ligaga ravona bo'lishi kutilayotgan klub sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi. Ishonish qiyin, ammo ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa, halol va sof vijdonan mehnat qilinsa natija o'z-o'zidan kelishini isbotini ko'rdik. Halollik bor joyda baraka, ishda unum bo'ladi deyishgani bejiz emas. Ikki yillik tanaffusdan keyin esa jamoa OCHLga qaytdi. 

2019 yilda "Bunyodkor" stadioni rasman klub nomiga o'tkazildi. Bunga qadar esa hech qaysi rahbar bunga etibor bermagan, uy uchrashuvlarini qabul qiladigan stadion davlat tasarrufida bo'lgandi. Stadion masalasi ham Ulug'bek Mirzaev boshchiligida klub balansiga o'tkazildi, kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi. Ayni paytga kelib stadion "Bunyodkor" nomi bilan klub balansida turibdi. 

Ulug'bek Mirzaev rahbarligidagi "Bunyodkor" 2019 yilning o'zida xalqaro aloqalarni ham yo'lga qo'yishni boshlab yubordi. Bu esa Osiyoda o'z o'rnini yo'qotib qo'ygan klub uchun ayni muddao hisoblanardi. "Bunyodkor" sentyabr oyida Koreyaning "Suwan TPL" kompaniyasi bilan hamkorlik aloqasini o'rnatdi. 19 sentyabr kuni, "Bunyodkor" futbol klubi ofisiga Janubiy Koreyaning reytingi eng baland shirkatlari sarasiga kiruvchi "Suwan TPL" kompaniyasi rahbarlari tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad, "Bunyodkor" FK va "Suwan TPL" kompaniyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish edi. Bunda tomonlar farmacevtika, vitaminizaciya, tibbiyot masalalarini ko'rib chiqishdi. SHuningdek BAAning "Baniyas" klubi bilan ham hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu hamkorlik doirasida ikki tomon o'zaro manfaatli aloqalarni o'rnatishdi. Aprel oyida "Baniyas" klubi delegaciyasining "Bunyodkor"ga tashrifi kutilayotgan edi. Lekin, pandemiya sabab bu ham qoldirildi. 




"Bunyodkor"ning 15 yillik yubileyi munosabati bilan "Paxtakor" va "Bunyodkor" afsonalari o'rtasida o'rtoqlik shou uchrashuvi o'tkazish reja qilingan edi. Ushbu tadbirdan klub har tomonlama foyda ko'rishni maqsad qilgandi. Bunda muxlislar maydonda o'z syukli o'yinchilarini ko'rish baxtiga muyassar bo'lardi. Aniqrog'i, o'sha paytda ikki jamoa o'rtasidagi derbilarni bezab bergan Aleksandr Geynrix, Server Jeparov, Zayniddin Tojiev, Timur Kapadze, Anvar Soliev, Xose Vilyanuevalarni taklif qilish ko'zda tutilgandi. Ulug'bek Mirzaev bu yil bo'lmasa ham keyingi yil mazkur tantanani nishonlanishini takidlagandi. 

Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ishlar kun kelib o'z mevasini berishiga ishonardik. Barqarorlikda gap kattaligin yaxshi bilasiz, aniq tizm va yo'nalish bor joyda albatta yuksalish bo'ladi. Kamtarin mablag' bilan ham ko'p narsalar qila olish mumkinligini Ulug'bek Mirzaev o'z ishi bilan ko'rsatib berdi. U insonning rejalar katta edi, klubni yuqori marralar sari etaklayotgan, bir maromida ishni olib borayotgan rahbarni ishdan olish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Bu futbolimizning qon-qoniga singib ketgan kasalliklaridan biridir. Joy talash, amal talash bilan hech kim ko'karmagan, baraka topmagan. SHundoq ham futbolimizda Mirzaevga o'xshagan etuk va kuchli bilimga ega mutaxassislarga ehtiyoj sezilayotgan bir paytda bunday insonlarni qadriga etmaslik oxiri yaxshilikka olib kelmaydi. Nima bo'lganda ham "Bunyodkor" o'zining etuk bilimga ega, o'z ishiga halol, vijdonan yondashadigan rahbarini yo'qotdi. Bir kun kelib bu qimmatga tushmasa bo'ldi. 



Abdulaziz Iskandarov. 

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика