So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверди 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  98 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  3

Boshkovich yurishni, "So'g'diyona" yutishni boshladi yoxud qisqa vaqt ichidagi o'zgarishlar (tahlil) Yangiliklar

Boshkovich yurishni, "So'g'diyona" yutishni boshladi yoxud qisqa vaqt ichidagi o'zgarishlar (tahlil)

Futbolda shunday o'zgarmas qoida bor: "G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat murabbiyniki". Kechirasiz-ku, g'alabada murabbiyning ulushi yo'qmi?

Butun boshli orkestrda drijyor malum bir harakatni amalga oshirmasa, istalgan qo'shig'ini chalaverishi, undan esa eshituvchi zerikishi tabiiy. Futbol ham xuddi shunday!

4-turdan so'ng murabbiyni o'zgartirishga qaror qilgan "So'g'diyona" oxirgi uchrashuvlarda murakkab vaziyatdan chiqishga harakat qilyarti va bu qaysidir manoda o'xshamoqda. Boshkovich sekin-asta jamoani ijobiy tomonga o'zgartirmoqda. Bu nafaqat natija, balki boshqa ayrim aspektlarda ham ko'rinayotganini tushuntirishga harakat qilaman. 


Natija

Murabbiyning ishi doim natija bilan baholanadi. Uni qanday o'yin ko'rsatgani-yu, qolgan ishlari ikkinchi planga tushadi, tamom. Ivan Boshkovich Yorqin Nazarov bilan birga hozircha bir xil 4tadan uchrashuv o'tkazdi va hamkasbiga nisbatan 6 ochko ko'proq to'pladi. 4ta uchrashuv 7 ochko to'plagan holda 14 o'rindan 10 o'ringacha olib chiqdi. Boshkovich jamoasi hali yugurishni emas, faqatgina yurishni boshladi. Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan bahsda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Navoiyning "Qizilqum" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

SHu tariqa, "bo'rilar"ning 17 uchrashuvdan iborat g'alabasiz seriyasiga yakun yasaldi. Boshkovich shogirdlari so'nggi bor o'tgan yilning avgustida "Dinamo"ni taslim etgandi. SHuningdek, jizzaxliklarning o'z maydonidagi ketma-ket 10 uchrashuvdan iborat muvaffaqiyatsiz seriyasi ham nihoyasiga etdi.

 

O'yin yoxud ikkinchi bo'lim samarasi

To'p nazorati, kombinacion hujumni rivojlantirish Yorqin Nazarovda ham ko'zga tashlanayotgandi. Ammo eng katta muammo 16likda yani raqib jarima maydonchasi ichida edi. Jamoaning hujumlari deyarli oxiriga etib bormayotgan, raqiblar zarbagacha bo'lgan xududni yaxshi qo'riqlashayotgandi. Jamoa dastlabki 4ta turda umumiy hisobda raqib darvozasi tomn 12 bor aniq zarba yo'lladi, o'rtacha har bir o'yinda 3ta. SHularning faqat 2tasi gol bilan tugadi ("Olimpik" 2:2). 4ta uchrashuvda 2ta gol kam edi. So'nggi to'rtta bahsda gollar borasida sermahsullik ham oshdi, 6ta gol. Aniq zarbalar soni 16taga etdi. Ko'rsatkichlar 2ta g'alaba, 1ta durang, 1 mag'lubiyat. O'yin sifati borasida oldinga biroz bo'lsada siljish bor. Etibor qiladigan yana bir jihat shuki, "So'g'diyona" o'yinni ikkinchi bo'limga kelib o'zgartiryapti va gollarning aksariyati 70-daqiqadan so'ng urilyapti. CHernogoriyalik murabbiylar shtabi ikkinchi bo'lim uchun ishlab chiqayotgan rejasi samara beryapti, deya olamiz. 


"Andijon" - "So'g'diyona" 1:2

Gollar: Rubin Xebay 15 -  Iskandar SHoyqulov 88, Zenan Zaymovich 90+3


"So'g'diyona" - "Qizilqum" 1:0

Gol: Zenan Zaymovich 73


"Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:1

Gollar: Abbos Fayzullaev 33, Dragan CHeran 43 (penalti) - Zenan Zaymovich 90+5


"So'g'diyona" - "Metallurg" 2:2

Gollar: Gollar: X.Xalilov (S.SHoahmedov) 43, S.Serderov (S.Andreev) 79 - I.Ibragimov (Z.O'rinboev) 57, Z.O'rinboev (SH.G'ofurbekov) 77


Hujumchi yo'q emas 

Zenan Zaymovich Ivan Boshkovich kelganidan beri Superligada 4ta o'yinda 3ta gol urdi. Gollari hisobini ham yangi murabbiy qo'l ostida ochgandi. Uning o'tgan turda "Qizilqum" darvozasiga urgan goli "So'g'diyona"ga juda uzoq kutilgan g'alabani taqdim qilgan bo'lsa, "Andijon" bilan bahsda uch ochko keltirgan golga mualliflik qildi.  Ketma-ket ikki o'yinda g'alaba to'pini kiritdi. 

Keyingi uchrashuvlar 

Ayni paytda "bo'rilar" xavfli zonadan uzoqlashdi. 6 o'rindagi jamoa bilan oradagi farq 3 ochko. "So'g'diyona" esa may oyida yana uchta uchrashuvda maydonga tushadi. "Turon" va "Nasaf"ni o'z maydonida qabul qilsa, orada Buxoroga safar uyushtiradi. Boshkovichda mayni maksimal yakunlash uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Bu to'liq xulosa emas. Balki davra oxirigacha vaziyat yana o'zgarar. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика