So’nggi yangiliklar

09:03Mағлубият кечирилмади! "Ал Насср" раҳбарияти мураббийни ҳайдаб юборди  2 08:36"Байер" эртаги давом этади. Алонсо жамоаси тарихда илк бор Суперкубокни қўлга киритди  3 08:13Суперлига. Бугун Тошкентда дерби, "Бобур Арена"да "Андижон" "Сурхон"ни меҳмон қилади  1 07:25А Серия. "Милан" сўнги дақиқаларда камбек амалга оширди, Мората "Милан"даги биринчи голини урди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  2 06:50ЛаЛига. "Валенсия" - "Барселона" 1:2, Ямалдан ассист, Левандовский иккита урди   0 06:45Туркия Суперлигаси. "Адана Демирспор" - "Ризеспор" 1:2, Алиқулов бурчак зарбасини голга айлнатирди  4 02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  19 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  11 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  12 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  4 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  5 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  5 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  56 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5

Boshida xarita chizilgan xorvatiyalik yigitcha Yangiliklar

Boshida xarita chizilgan xorvatiyalik yigitcha

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishich kecha Ispaniya darvozasiga to'p kiritdi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Bu futbolchi haqida maqolani o'qib ko'ring.

1999 yilda u qayta tug'ildi. Omish shahri, Xorvatiyaning janubi, Adriatiki bo'yidagi qurilish inshooti. Uch o'rtoq nima uchun u erga borgani malum emas, bir qop qurilish anjomlari uning ustida ag'anab ketdi. Ikki o'rtoq Ivanning otasini yoniga yugurib borishdi: Kokaning ustiga narsa tushib ketdi, tezroq yuring anavi erda yotibdi.

Tirikmi? Ha, lekin tura olmayapti. Tezda uni shifoxonaga olib ketishdi: agar qop 10 santimetr boshqa joyga tushganida bolakay vafot etishi mumkin ekan, singan elkani operaciya qilishdi, o'sha yiliyoq Perishich Xaydukda paydo bo'ldi.

Uni Koka deb atashardi, yani tovuq. Bundan xafa bo'lmasdi, sababi otasining tovuq fermasida ishlardi, 3 yoshidanoq inkubatorlarga qancha nima don solish kerakligini bilardi. Ivan bu laqabdan uyalmasdi, lekin o'zini Asa deb atashlarini istardi. Ammo negadir bunday bo'lmadi.

1998 yilda Xorvatiya Franciyadagi chempionatda chorak finalda Germaniyaga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Ivanning onasi katta dasturxon yozdi: pishloqlar, go'shtlar, tort, otaga rakiya, o'g'ilga sut. Televizorda: ettinchi raqam – Alesha Asanovich, Perishich yashaydigan O'rta Dalmaciya tumani uchun kumir edi. Xorvatiya o'sha o'yinda 3:0 hisobida zafar quchdi. Yarim finalga! Yana nimani orzu qilsa bo'ladi?

Faqat xuddi Asanovich kabi Xaydukda o'ynashni orzu qilish mumkin edi.



Oradan 16 yil o'tdi. Yana o'sha xonadan, yana o'sha katta dasturxon, jahon chempionati, faqat Ivan Perishich stulda emas, plazma televizorda Braziliyaga qarshi ochilish o'yinida harakat qilmoqda, Agar 1998 yilda Ivan Amazonka qirg'oqlarida o'ynashini aytishsa barcha kulib yuborardi, u o'ynadi va gol ham urdi. Slobodna Dalmacija nashri jurnalistlari uning otasi Antega qo'ng'iroq qilib o'g'li qanday qilib bunga erishganini so'rashdi.

Xayduk ustozi Zoran Vulich yosh va sochi jingalak Perishichni Sloveniyadagi yozgi yig'inga olib ketadi. Niko Krancharning Portsmutga o'tishi deyarli hal bo'layotgandi, uning o'rniga Perishich o'ynashi kutilgandi. Uni Arsenal, Tottenxem va Ayaks akademiyasi ham chaqirayotgandi. Krancharni qo'yib yuborib uning o'rniga Ivanni o'ynatishga barchasi taxt edi. Ammo Xaydukning rejalari Portsmutning sobiq ustozi, Soshoga o'tgan Alen Perrenni kuldirdi xolos. U Perishich hamon professional shartnoma tuzmaganini va Xaydukda oddiy ishchi kabi maosh olayotganini bilib qoldi. Perren Perishichning otasi bilan gaplashib ularni shaxsiy samalyotda Soshoga olib ketadi.

Ivan Franciyaga mening tovuq fabrikamni qutqarish uchun ketdi, – deb tan oladi Ante Perishich jurnalistga. Ante qarzga botgandi, Perren agar o'g'li Soshoga o'tsa yordam berishini aytdi.

Qatar yoki Quvayt emasku – xatto 15-o'rindagi klub bo'lsa ham Franciyada o'ynaydi, Xayduk esa shartnoma tuzishni cho'zib yurdi. Xayduk jimgina qarab turgani yo'q. Perishichning diskvalifikaciya qilinishi va Soshodan 360 ming evro jarima undirib oldi. Perren ajoyib, evrokuboklar uchun kurashadigan jamoa tuzdi, Perishich ikkinchi jamoada o'ynardi, Sosho UEFA kubogiga chiqdi, Perrenni Lionga chaqirishdi, Sosho yangi ustozi Frederik Anc Perishichni bilishni istagani ham yo'q, Xayduk va Soshoning o'rniga Ivan Belgiyaning ikkinchi ligasiga tushib ketayotgan Ruselarda paydo bo'ldi. Alamlisi uning otasi pullarni tezda safrlab yubordi va yana qarzga botdi.

Etib keldik, barchasi tamom.

Ammo bunday bo'lmadi. Ivan gollar urib jamoani ligada qolishini taminladi, asosiysi Bryuggega qarshi o'yinda ikkita gol urdi va raqib ustozidan quyidagi gaplarni eshitdik: bizga o't. Kecha quyida edi, bugun esa Belgiyaning eng boy klublaridan biri bo'lgan Bryuggeda. 2009 yilda evrokuboklarda Partizanga qarshi o'yin bo'ldi. Penalti ishlashdi, Perishich sardor Xoefkensdan penaltini so'rab oldi, Panenka uslubida to'pni tepdi, ammo posbon o'z o'rnida qolib to'pni ushlab oldi. Tanaffus vaqtida Perishich turli tillarda haqoratlarni eshitdi, ikkinchi taymda gol urishga vada berdi.

Ikkita urdi.



Mana shunday o'yinlardan so'ng u Dortmundga ko'chib o'tdi.

Borussiyada Perishich ajoyib o'ynay boshladi, deyarli barchaga gollar urdi, raqiblar orasida Arsenal ham bor edi. Ammo jamoaga Roys kelgach Perishich kam maydonga tusha boshladi. (Zaxirada o'tirsam men o'laman derdi u), Klopp uni yig'loqi deb atadi. Volfsburg unga ikki baravar ko'proq maosh taklif qildi. Perishich yangi klubida 10dan ortiq gol urdi, Kubok va  Superkubokni yutdi. Inter uning uchun 16 million evro to'ladi, Perishich Ikardidan keyingi to'purar bo'ldi, Konte uni CHelsiga sotib olishlarini so'radi, Ivan esa Soshoga kelganidan roppa rosa 10 yil o'tib yana Franciyaga qaytdi. Sochida Xorvatiya davlati xaritasi chizilgan, Sent-Etenda chexlarga, kecha Bordoda Evropa va Jahon chempionlari darvozasiga gol urdi va Xorvatiyani guruhda birinchi bo'lishini taminlab berdi.

U Xayduk asosiy tarkibida o'ynamadi, orzu amalga oshgani yo'q, ammo hozir bo'layotgan voqealar undan ham ajoyib...

 

sports.ru saytidan Narzulla tarjima qildi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика