So’nggi yangiliklar

19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" - "ФарДУ"  1 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  3 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  3 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  0 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  3 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  13 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  3 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  8

Bosh vazir tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda O'FA faoliyati tanqid qilindi Yangiliklar

Bosh vazir tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda O'FA faoliyati tanqid qilindi

Bugun Vazirlar Mahkamasida yurtimiz sportidagi mavjud muammolar, Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan selektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Bu haqida Olamsport.com sayti xabar bermoqda. 

Yodingizda bo'lsa, 15 may kuni Milliy olimpiya qo'mitasida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazilgan edi. O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshqargan o'sha yig'ilishda milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov o'z lavozimidan ozod etilgandi. 

Abdulla Aripov tanqidiy ruhda o'tgan o'sha yig'ilish yakunida bir haftadan so'ng federaciya rahbarlari bilan Vazirlar Mahkamasida uchrashishini aytgandi. Bugun o'sha belgilangan muddat etib keldi va aytilgan manzilda MOQda boshlangan yig'ilishning ikkinchi qismi bo'lib o'tdi. 

Olamsport.com caytiga malum bo'lishicha, yig'ilishda asosan olimpiya oilasiga mansub sport federaciyalari rahbarlari ishtirok etgan. Bosh vazir milliy olimpiya qo'mitasi faoliyati, sportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyalari yo'lidagi kurashi va boshqa qator masalalarni keskin tanqid ostiga oldi. 

Jumladan, Abdulla Nigmatovich Olimpiadaga bir yildan sal ko'proq vaqt qolgan bir paytda bor yo'g'i ikkita licenziya qo'lga kiritilgani, bundan to'rt yil avval xuddi shu vaqtda licenziyalar soni 10 tadan oshiq bo'lganini alohida urg'uladi. 

O'z o'rnida 17 ta istiqbolli olimpiya sport turlari federaciyalari rahbarlari asosiy licenzion turnirlar oldinda ekanligi, Tokio-2020 uchun kamida 100 ta licenziya qo'lga kiritilishini aytishdi.    

Bir hafta avval MOQda o'tgan yig'ilishda qator federaciya mutasaddilari milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan olib borilgan moliyalashtirish tizimidan norozi bo'lishgandi.  

Jumladan, O'zbekiston Rowing & Canoe federaciyasi nomidan so'zga chiqqan Tatyana Mamatqulova yillik taqvimdan o'rin olgan musobaqalar, xususan licenzion turnirlarga aynan moliya tizimi masalasi sabab yuborilmaganidan noligan edi.

Bugungi yig'ilishda Abdulla Aripov federaciyalarni markazlashgan holda moliyalashtirish masalasi milliy olimpiya qo'mitasi zimmasida qolishi, lekin bu jarayon jiddiy nazorat qilinishi, sportchilarimizning yillik taqvimga kiritilgan nufuzli musobaqalardagi ishtiroki taminlanishini aytdi. 

Yig'ilishda bosh vazir O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasining yangi rahbari Rustam SHoabdurahmonovga boshqaruv tizimi, kadrlar masalasini qayta ko'rib chiqish vazifasini topshirdi. 

Selektor yig'ilishida O'zbekiston futbol associaciyasi faoliyatiga ham to'xtalindi. Abdulla Aripov associaciya faoliyati qoniqarsiz holatda ekanligi, islohotlarga muhtojligini alohida takidladi. Bu gaplardan ko'rinib turibdiki, tez orada O'zbekiston futbol associaciyasida ham keskin o'zgarishlar ro'y beradi.

Reyting: +128   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика