So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  298 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

“Bosh vazir kubogi-2020”. Finaldan GALEREYA Yangiliklar

“Bosh vazir kubogi-2020”. Finaldan GALEREYA

Teglar :  Bosh vazir kubogi
4 oktyabr kuni boshlangan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari hamda yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasidagi “Bosh vazir kubogi” futbol musobaqasi ham o'z poyoniga etdi.

Final o'yini mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadionda tashkil etildi. Hal qiluvchi bahsda amaldagi chempion – Oliy sud hamda bu yilgi musobaqa kashfiyotiga aylangan Tashqi ishlar vazirligi jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuvni esa O'zbekiston professional futbol ligasining malakali hakamlari boshqarib borishdi.

O'yin final nomiga xos, keskin kurashlarga boy hamda murosasiz kechdi. Jamoalar maydonning har qarichi uchun jiddiy kurashdi, biroq raqib darvozasiga yo'l topish na u, na bu jamoaga nasib etdi.

Natijada g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. “Omad lotoreyasi”da omad Oliy sud jamoasiga nasib etdi. Aslida Tashqi ishlar vazirligi jamoasi so'nggi, beshinchi zarbani aniq bajarganda hammasi tamom edi. Lekin hal qiluvchi zarbada musobaqa debyutantlari adashdi va oxir-oqibat kubokni Oliy sud jamoasi qo'lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov so'zga chiqdi va g'oliblar, shu bilan birga musobaqa ishtirokchilarini samimiy qutladi.

- Bu yilgi musobaqada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspekciyasi, Tashqi ishlar vazirligi, “Farg'onaazot” kabi ko'plab jamoalar debyutant sifatida qatnashdi. Aytish joiz, bu yilgi musobaqa o'tgan yilgidanda qizg'in, shiddatli va murosasiz kechdi. Hozirgina yakunlangan final uchrashuvida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Tashqi ishlar vazirligi jamoalari muxlislarga qiziqarli o'yin namoyish etib berishdi. Unda omad Oliy sud jamoasiga kulib boqdi va ularni g'alaba bilan chin yurakdan tabriklayman. Sportda shunday ibora bor: “muhimi g'alaba emas, muhimi ishtirok!”. Bu yilgi musobaqada ishtirok etgan har bir jamoa azosi futbol bilan shug'ullandi, sog'lom turmush tarziga oshno bo'ldi. Axir shuning o'zi sizlar uchun eng katta g'alaba emasmi? SHu munosabat bilan sizlarni ham samimiy tabriklayman, - dedi Aziz Abduqahhorovich o'z maruzasida.

SHundan so'ng navbat eng hayajonli lahzalar, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimiga etib keldi. Dastlab turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblar taqdirlandi:

Nominaciyalar bo'yicha g'oliblar:


“Eng yaxshi darvozabon” – Mahmudjon Masharipov (“Milliy bank”);

“Eng yaxshi himoyachi” – SHuhratbek Mannabov (Din ishlari bo'yicha qo'mita);

“Eng yaxshi to'purar” – Otabek Hazratov, 10ta gol (Suv xo'jaligi vazirligi);

“Eng yaxshi jamoa sardori” – Ashraf Gaffarov (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspekciyasi);

“Eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchi” – Renat Jumaev (“O'zbekneftegaz” AJ);

“Eng yaxshi murabbiy” – Xudoyor Meyliev (Adliya Vazirligi).

So'ngra shohsupaga musobaqa sovrindorlari taklif etildi. Ularga medal, diplom va estalik sovg'alarini O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o'rinbosari A.Abuduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Ermatov, vazir o'rinbosari A.Karimov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti R.SHoabduraxmonovlar tantanali ravishda topshirdi.

SHuningdek, musobaqaning final uchrashuviga o'zbek estradasining yorqin yulduzlari, qolaversa “Dizayn” guruhi azolari hamda dilbar raqqosalarning go'zal chiqishlari o'zgacha fayz bag'ishladi.


Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика