So’nggi yangiliklar

11:00“Милан“ юлдузини “Ливерпул“га битта шарт билан сотишга тайёр  0 10:48Аброр Пирриев допинг текшируви ўтказиш учун допинг офицерларини жамоамиз истиқомат қилаётган меҳмонхонага ташрифи борасидаги саволга жавоб берди  5 10:36“Ал Ҳилол“ ТОП форвардга йига 40 миллион евро таклиф қилди  0 10:11Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) энг қиммат футболчилар рейтингини янгилади  5 09:44Ўтган мавсум А Серияда 11 та гол урган ҳужумчи фаолиятини “Рома“да давом эттириши мумкин  0 09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  21 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  12 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  14 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  9 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  32 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  3 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  2

"Borussiya" Xolandni qanday qo'lga kiritdi?: WhatsApp orqali smslar, "Puma" taklifi, skaut kuzatuvi Yangiliklar

"Borussiya" Xolandni qanday qo'lga kiritdi?: WhatsApp orqali smslar, "Puma" taklifi, skaut kuzatuvi

Dortmundliklar yosh yigitchani 2016 yildan beri kuzatishdi va 28ta o'yiniga borishdi.

Norvegiyalik yosh o'yinchi Erling Xoland uchun bo'lgan "poyga"da "Borussiya" jamoasi "Yuventus" hamda "Manchester Yunayted"ni ortda qoldirib, g'olib chiqdi. Bu tasodif emas: Dortmund 19 yoshli forvardni 2,5 yil davomida o'rgandi va 28 marta u ishtirok etgan o'yinlarga tashrif buyurdi. Klub shartnoma imzolash qaroriga kelganida turli usullar qo'llana boshlandi: futbolchilardan WhatsApp orqali "sms"lar va "Puma" bosh direktori tomonidan tasir o'tkazildi.

Xoland ilk bor Evro-2016da "Borussiya" etiboriga tushgan edi. ECHLdagi muvaffaqiyatli debyutdan so'ng uni kuzata boshlashdi

Dortmunddagilar Xoland haqida birinchi marotaba 2016 yil avgustda bilganlar. Norvegiyalik o'shanda 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoasi bilan Evropa chempionatida ishtirok etgan edi. Erling guruh bosqichining atigi 3ta o'yinida maydonga tushgan, ammo "Borussiya" skautlari etiboriga tushishi uchun shuning o'zi etarli bo'lgandi. Nemislar o'yinchini eslab qolishdi, 2018 yil esa uni "Melde"dan sotib olmoqchi bo'ldilar. Ammo Xoland Avstriyaning "Red Bull" klubiga o'tdi. 

Bir tarafdan, endi Xolandni kuzatish osonroq bo'ldi, boshqa tomondan esa — iqtidorli yigitni qo'ldan boy berish xavfi bor edi. Bu mavsum Erling CHempionlar Ligasida omadli tarzda debyut qildi va futbol tarixida boshlang'ich uch bahsda 6ta (!) gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi. Birinchi tur "Genk"ga qarshi uchrashuvda tanaffusgacha xet-trik qilishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi turda esa — "Enfild"da "Liverpul" darvozasini ishg'ol etdi (3:4). Uchinchi tur — "Napoli" bilan o'yinda dubl qayd etdi (2:3). Norvegiyalik to'rtinchi va beshinchi turlarda ham gol urishda davom etdi — "Napoli" (1:1) va "Genk"ga (4:1) bittadan gol urdi.

CHempionlar Ligasining oltita o'yinida 8ta gol va bitta golli uzatma — bu top-klubga o'tish uchun etakrli ko'rsatkich. SHuningdek, Avstriya chempionatining 14 o'yinida 16ta gol va 6 assist. "Borussiya"ning raqiblari paydo bo'ldi — "Manchester Yunayted", "Yuventus", "Leypcig".


"Borussiya" o'yinchilari Xoland Dortmundga kelishi uchun bor kuchlarini ishga soldilar, ayniqsa Dileyni. Ularga "Puma" ham yordamga keldi — bosh direktori norvegiyalik inson

"Borussiya" uzoq vaqtdan buyon unga qiziqishi va futbolchining bu klubga o'tish istagi borligi katta foyda berdi. "The Athletic" malumotlariga ko'ra, nemis klubi 2,5 yil ichida yigitchani 28 bor kuzatgan emish. Afsonaviy Mattias Zammer (Evropa-1996 chempioni va "Oltin to'p" sohibi) hozirda "Borussiya" maslahatchisi bo'lib faoliyat yuritadi. U "Red Bull" bazasiga yashirin tarzda borgan va Xoland qanday mashg'ulot o'tkazayotganini kuzatgan.

So'nggi qaror qabul qilishganida, norvegiyalikni barcha tomondan o'rab olishdi va uni ko'ndirishga kirishishdi. Asosiy kuch — "Borussiya" yoshlarni rivojlantirishga qodir ekani bo'ldi. Xolandga yorqin misollarni aytishdi — Jeydon Sancho, Usman Dembele, Kristian Pulishich. "Borussiya" futbolchilari ham uni jamoada ko'rishsa faqatgina xursand bo'lishlarini ko'p bor takrorlashdi: norvegiyalikka WhatsApp orqali sms yozishdi. U kelishi uchun eng ko'p qayg'urgan o'yinchi — Tomas Dileyni bo'ldi.

Klub muzokaralarda o'z homiylarini ham ishga soldi. "Puma" nafaqat dortmundliklarni kiyim bilan taminlaydi, balki u "Borussiya" minoritar akciyadori (5%) ham hisoblanadi. "Puma" bosh direktori Bern Gulden esa norvegiyalik sobiq futbolchi sanaladi. U 1980 yillarda "Bryune" safida to'p tepgan (Xolandning birinchi klubi). Kompaniya unga foydali homiylik shartnomasini ham taklif qildi.

Bunday kelishuv faqatgina Roys, Vitsel, Pishhek va "Borussiya" sobiq o'yinchisi Bartrada bo'lgan edi. Xoland hozirda "Nike" bilan hamkorlik qiladi. Amerikaliklar ham yosh iqtidor sohibi bilan shartnomani saqlab qolish niyatida yuribdilar. SHunday ekan, agar Xoland "Puma" bilan shartnoma imzolamasa ham, bunday taklif borligining o'zi futbolchining agenti Mino Rayolaga "Nike" bilan muzokaralarda mijozi uchun qulay shartlarda kelishuv imzolash imkonini yaratadi.


Erling shartnomasi muddati 2024 yilgacha amal qiladi. Tovon puli — 50 million funtdan ko'p

Rayola omili ham transferda muhim rol o'ynadi. 2013 yil Mxitaryan kelgandan beri "Borussiya" va agent o'rtasidagi aloqalar juda yaxshilangan. Bazi malumotlarga qaraganda, "Red Bull"ga tegadigan 20 milliondan tashqari, dortmundliklar agent hisobiga 15 million evro o'tkazib beribdilar. Bundan tashqari, Erlingning otasi — "Nottingem", "Lids" va "Man Siti" sobiq o'yinchisi Alf-Inge Xoland (JCH-1994 ishtirokchisi) — ham 10 million evro ishlab oldi.

"Daily Mail" malumotlariga ko'ra, "Man Yunayted" rahbariyati agentdan yashirincha futbolchining otasi bilan kelishuvga erishmoqchi bo'lgan, ammo bu urinish foyda bermagan. Rayola vaziyatni shunday izohladi: "Sulsher va "MYU"ga nisbatan hech qanday adovatim yo'q. Xoland "Borussiya"ni tanladi va o'zi borishni istagan klubiga o'tganidan baxtiyorman. Bu klub hozirgi kunda u uchun eng yaxshi variant. Agar u "Yunayted"ga borishni xohlaganida, transferni amalga oshirishga majbur bo'lardim. Ammo u "qizillar" safiga o'tishni istamadi. Taklif yaxshi bo'lgandi".

Dortmundliklar 19 yoshli forvard bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladilar. Xolandning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli, bugungi narx-navoni inobatga oladigan bo'lsak, unchalik yuqori emas — 50 mln funtdan sal ko'proq. Agar u mavsumning ikkinchi yarmini ajoyib tarzda o'tkaza olsa, uni bunday narxga sotib olish niyatidagi xaridor endi yozda topilsa kerak...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика