"Borussiya" Osiyoda turne o'tkazadi
27 apr 2017 17:43
Yangiliklar
"Borussiya" Osiyoda turne o'tkazadi
Dortmundning "Borussiya" klubi 2017/18 mavsumga tayyorgarlik doirasida 13-19 iyul kunlari Osiyoda yig'in o'tkazadi va ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Yaponiya professional ligasi taklifiga ko'ra "Borussiya" 15 iyul kuni "Urava Reds" bilan o'ynaydi. Uch kun o'tib ular Xitoyning Guanjou shahrida "Milan"ga qarshi bahs o'tkazishadi. Bu uchrashuv Xalqaro chempionlar Kubogi doirasida o'tkaziladi.
"Bu yil Yaponiya va Xitoyga borishimizdan xursandmiz. Ushbu mamlakatlarga bo'lgan avvalgi sayoxatlarimizdan yaxshi xotiralar qolgan. U erda ishqibozlarimizni uchratishga ishonaman" - deydi nemis klubining marketing direktori Karsten Kramer.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar