“Borussiya” muxlisi Levandovskidan uzr so'radi
05 fev 2014 10:42
Yangiliklar


“Borussiya” muxlisi Levandovskidan uzr so'radi
Policiya “Borussiya” hujumchisi Robert Levandovskining 17 yoshli muxlisni urgani haqidagi ishni to'xtatdi.
Avval berilgan xabarlarda, Levandovski uyi atrofida bir guruh muxlislar bilan janjallashgani va futbolchi muxlislardan birini mushti bilan urganligi uchun policiyaga arz qilgani haqida aytilgan edi.
Bugun malum bo'lishicha “jabrlanuvchi” Filip S. policiyadan o'z arizasini olgan va Polsha terma jamoasi o'yinchisidan kechirim so'ragan.

Fikrlar