“Borussiya M” futbolchisi o'z shaxsini tasdiqlash uchun Google'ga murojaat qildi
21 okt 2020 22:35
Yangiliklar


“Borussiya M” futbolchisi o'z shaxsini tasdiqlash uchun Google'ga murojaat qildi
Menxengladbaxliklar forvardi Markus Tyuram CHempionlar Ligasi doirasidagi “Inter”ga qarshi bahs oldidan “San Siro”da o'tishi kerak bo'lgan matbuot anjumaniga kirishda qiyinchilikka duch keldi.
Stadion xavfsizlik xizmati xodimi himoya niqobida bo'lgan futbolchini tanimagan va undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni so'ragan. Tyuram esa smartfoni orqali o'z izmini Google'ga yozgan va internetdagi rasmini qo'riqchiga ko'rsatgan.
Mazkur vaziyat fotosurati “Borussiya M”ning Twitter'dagi sahifasiga joylashtirilgandi, ammo keyinchalik tvit nomalum sabablarga ko'ra o'chirildi.
Eslatib o'tamiz, Markus Tyuram jahon chempioni Lilian Tyuramning o'g'li hisoblanadi. 23 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Bundesligada 31 o'yinda qatnashib, 10+9 natija ko'rsatgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar