“Borussiya M” futbolchilari oliyjanoblikka qo'l urishdi
19 mar 2020 19:45
Yangiliklar
“Borussiya M” futbolchilari oliyjanoblikka qo'l urishdi
Menxengladbaxning “Borussiya” jamoasi o'yinchilari koronavirus pandemiyasi paytida klubga yordam berish uchun maoshlarining qisqartirilishiga ham rozi bo'lishdi.
SHuningdek, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi ham ushbu qarorni qo'llab-quvvatlashdi.
“Yigitlardan juda ham faxrlanaman. “Borussiya”ni yaxshi va yomon kunlarida ham qo'llashga tayyormiz. O'yinchilar “Borussiya”ga nimanidir qaytarishni xohlamoqda”, deya qayd etgan jamoa sport direktori Maks Eberl.
Bunday harakat menxengladbaxliklarga oyiga 1 million evroni tejashga imkon berishi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar