So’nggi yangiliklar

20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  3 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  3 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  6 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  29 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  5 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  1 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  4 15:31"Интер Майами" Неймарга қизиқмоқда. Бразилиялик футболчи "Барса"да Месси ва Суарес билан ўйнаган  4 14:49"Ал Аҳли" Винисиус учун "Реал"га 300 млн фунт тўлашга тайёр  3 13:53Мбаппе жиддий жароҳатдан қутулиб қолди. У кейинги ҳафтада "Реал" билан машғулот ўтказиши мумкин  10 13:10"Бавария" 39 ёшли Нойер билан шартномани узайтиради?  2

Alfraganus University: "Borussiya" ko'chalarida O'zbekiston bayrog'i, Turkiya "o'z maydonida" Portugaliyaga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

Alfraganus University: "Borussiya" ko'chalarida O'zbekiston bayrog'i, Turkiya "o'z maydonida" Portugaliyaga imkoniyatni boy berdi

Wiki malumotlariga ko'ra Germaniyada 3 mlndan ziyod turk yashaydi, ammo tashqaridagilarning aytishicha ularning soni 6 mlndan ziyod.

SHimoliy Reyn Vestfaliya shahri bo'lgan Dortmund ko'chalari kecha turkiyaliklar bilan to'lib toshdi. Stadion yaqinida turklar mavzesi bor ekan, bu esa atrofni qardoshlarimiz bilan to'ldirdi. Eng qizig'i shahar to'liq qizil rangga kirdi. Ikki terma jamoaning uy liboslari qizil ekanligini yaxshi bilasiz. Bu kunda policiya hech kimga indamadi, turklar turli xil avtomobillarida yayradilar. Mashinalarning "signallari" shaharni zabt etdi. Boshqa payt bu ishingiz uchun Germaniyada katta jarima to'laysiz. Turklardan tashqari, urushdan keyin Olmoniyaga kelib qolgan suriyaliklar ham Evro Osiyolik qizillarga muxlislik qildilar. SHu jumladan biz ham.



Dortmund ko'chalarida bayram qilayotgan biz, YouTube dagi ko'rsatuv Sizga qiziq bo'ladi deb o'ylaymiz.



Germaniyaning talim tizimi dunyoda TOP 10 ga kiradi. SHuning uchun bu erda bilim olish uchun oshiqadiganlar orasida mahalliy aholidan tashqari, ko'plab chet el vakillarini ko'rasiz. Markaziy Osiyodan ham juda ko'p talabalar mana shu o'lkada tahsil oladilar. Suratdagi qirg'iz qo'shnilarimiz dam olish kunlari bo'lganligi uchun Dortmundga aylangani kelishganligini aytishdi. 50 Evro turadigan oylik yo'l chiptasi bu erda, tez yurar poezd va samolyotdan boshqa hamma jamoat transportiga o'tishi haqida aytishdi. 



Evropa chempionati o'yinlari uchun arzon chiptalar allaqachon tugab bo'lgan. Ukraina, Sloveniya va Gruziya terma jamoalari o'rtasidagi bahslar uchun 100-150 evroga chipta topmasangiz, qolganlarniki 200 dan tepa. Qo'ldan chipta olish muammo, aldanmasligingiz uchun barchasi QR kod bilan, faqat telefoningizdangina ko'rsatsangiz o'tadi. Bitta chiptaning kodi bir nechta telefonga tushmaydi. Bu muxlis ham chipta ilinjida yuribdi.



Garchand Turkiya terma jamoasi yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, muxlislar bayram qilishda davom etishdi. Futbol ular uchun bir bahona, muhimi yurtini ulug'lash.



O'zbekiston bayrog'i bu aylana ichida yo'q edi. Uning ichida taxminan 50 ga yaqin bayroqqa mo'ljallangan joy bo'lib, rassom deyarli doira ichini to'ldirib bo'lgandi. Bu erni hech kim rasmlar o'chmagunicha oyoq bilan bosmaydi. Videoni ko'rsangiz, men ham O'zbekiston nomini yozganimdan keyin ehtiyotkorlik bilan doira ichini tark etdim. Biz rassomga iltimos qilgan holda O'zbekiston bayrog'ini chizdirdik. Taklifimizni rad etmaganligi uchun unga rahmat aytaman. SHu o'rinda qayd etsam, rasm chizishdan avval telefonidan bayrog'imizni ko'rib olsa kerak deb o'ylagandim. Yo'q, unday bo'lmadi, yoddan bilar ekan. Faqat yulduzlarimiz sonini 11 ta qilib qo'yganida, u erga yana bitta qo'shishi kerakligini aytdim.



Dortmundning Florian bashnyasi Germaniya faxri hisoblanadi. 220 metrli bu inshoot Olmoniyaning eng baland binolari qatoridan joy olgan bo'lib, shaharning markaziy bog'ining ko'rki. Aynan shu erda fan zona tashkil qilingan bo'lib, u erda 30 000 nafarga yaqin muxlis katta ekranda futbol ko'rishi mumkin. Biz ham aynan shu erda Portugaliya ijrosidagi gollar shousini tomosha qildik.



Qanotli nasaroklarni shaharning ko'p joyida ko'rasizlar. Bu allaqachon Dortmundning timsoliga aylanib ulgurgan. SHaharda mashinangizni qo'yish uchun avtoturargohlarni topish juda qiyin. Germaniyada mashina olishdan avval uni keyinchalik qaerga qo'yish haqida bosh qotirishingiz shart, ayniqsa siz markaziy shaharlarda yashasangiz. Kerak bo'lsa o'zingiz turadigan uyning tagidagi "parkovka"ga ham pul to'laysiz. Begona odam Sizning joyingizni band qilsa jarimaga tortiladi.  


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика