Borussiya finaldagi mag'lubiyati evaziga 35 million evro ishlab oldi, Real esa 0 evro!
02 iyu 09:21
Yangiliklar
Borussiya finaldagi mag'lubiyati evaziga 35 million evro ishlab oldi, Real esa 0 evro!
Borussiya ECHL finalida mag'lub bo'lgani uchun tashkilotchilar nemis jamoasiga 15 million evro to'lab berishadi.
SHuningdek, nemis jamoasi «Real Madrid» olishi lozim bo'ladigan 20 million evroga ham ega chiqadi. Sababi Bellingemning transfer tafsilotlarida, aynan shuncha bonus puli belgilab qo'ygan.
O'tgan yilning yozida imzolangan shartnomaga ko'ra, agar «Real Madrid» ECHL g'olibligini qo'lga kiritsa, «Borussiya»ning hisob raqamiga 20 million evro o'tkazib berishi yozib qo'yilgan.
SHu tariqa, «Borussiya» kechagi mag'lubiyati uchun umumiy hisobda 35 million evroga ega bo'ldi. «Qirollik klubi» esa 0 evro ishlab oldi.
Fikrlar